Unda Özbekiston va Saudiya Arabistoni ilmiy-texnikaviy aloqalarini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikda Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq bozorlari uçun moslaştirilgan sun’iy intellekt ilovalarini işlab çiqiş, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi, ta’lim, transport, suv xöjaligi, ekologiya va boşqa yönalişlarda sun’iy intellektga asoslangan qöşma tadqiqotlar ötkaziş hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikrlar almaşildilar. Şuningdek, har ikki mamlakat tadqiqotçilari örtasidagi hamkorlikni jadallaştiriş uçun forumlar ötkaziş va Saudiya Arabistonidan Özbekistonning IT sohasiga investitsiyalarni jalb etiş imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Podşoh Abdulaziz ilm-fan va texnologiyalar şaharçasi (King Abdulaziz City for Science and Technology, KACST) Saudiya Arabistonidagi yirik ilmiy va texnologik tadqiqot markazi hisoblanadi Markaz mamlakatning ilmiy-texnologik taraqqiyotini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş maqsadida 1977 yilda taşkil etilgan. KACST Saudiya Arabistonidagi eng muhim ilmiy-ijodiy muassasalaridan biri sanaladi.

















