«Vaqf» fondi rahbari - ikki yillik faoliyat sarhisobi va oldindagi rejalar haqida
|23:38 / 22.05.202015 73612 min
Ramazon – Qur'on va rahmat oyi. Bu oyda moli nisobiga yetgan mömin-musulmonlar zakot ibodatini ham ado etişadi.
Özbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay'ati Ramazon oyi munosabati bilan qabul qilgan qarorida zakot va fitr sadaqalarini idora huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi hisob raqamiga ötkazişni tavsiya qildi. Şu munosabat bilan «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar domla Xalilov bilan uçraşdik.
Vaqf özi nima?
«Vaqf» sözi luğatda «kutib turiş, saqlab turişlik» degan ma'nolarni anglatadi, ya'ni vaqf qilingan narsa sotilmaydi, meros qilib qoldirilmaydi. Istilohda esa aslni uşlab turib, foydasini kişilarga ehson qilişga vaqf deb aytiladi.
Vaqf bilan inson Alloh taologa qurbat hosil qiladi. Allohga yaqinlik hosil qiladi va şu asnoda Alloh roziligiga erişişga harakat qiladi. Bu haqida Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Aslini tutib turgin, samarasini ehson qilgin», deb marhamat qilganlar.
Islomda vaqfning hukmi qanday? Uning dalillari nimalardan iborat?
Alloh Qur'onda marhamat qiladiki: «Yaxşi körgan narsalaringizdan ehson qilmagunlaringizga qadar yaxşilikka, jannatga yeta olmaysizlar».
Bu haqida Qur'oni karimda köp oyat va dalillar keltirilgan.
Payğambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: «Inson vafot etsa, uning amali töxtaydi. 3ta narsaning savobi yetib turadi. Birinçisi – sadaqai joriya, ikkinçisi – foyda beradigan ilm, uçinçisi – duo qiladigan solih farzand».
Bilamizki, şu sadaqai joriya savobi doim insonga yetib turadigan ajr hisoblanadi. Şariatimiz vaqfning hukmlarini, asoslarini şu oyat va hadislardan istihbod qilib çiqarib olgan.
Usmon roziyallohu anhu quduqni sotib olib, Allohning yöliga vaqf qilganlar. Hozir ham Madinada şu quduq bor va undan köp yillar davomida musulmonlar manfaatdor bölgan.
Savobi doimiy borib turadigan narsaga sadaqai joriya deyiladi. Vaqf mana şu kabi dalillardan olingan.
«Vaqf» xayriya jamoat fondining vazifalari nimalardan iborat?
Fond öz oldiga bir qança maqsadlarni qöygan. Diniy ta'lim muassasalari, tolibi ilmlar, ustozlar, imom-xatiblar, noib-imomlar, masjidda işlaydigan xodimlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, nogironligi bölganlar yoki kam ta'minlangan kişilarga yordam beriş, masjid, madrasalarni ta'mirlaş, rekonstruksiya qiliş va diniy-ma'rifiy kitoblarni çop etiş, ota-bobolarimiz qoldirgan meroslarni xalqqa yetkaziş kabilar fondning vazifalaridir.
Mavzuga oid
Fond mablağlari qanday şakllantiriladi?
Xayriya jamoat fondi asosan 3ta: vaqf, xayriya, zakot (uşr, fidya, fitr sadaqasi) hisob raqamlariga ega.
Bu hisob raqamlarga alohida mablağ taşlaydiganlar uçun «Vaqf» fondida billing tizimi taşkil qilingan bölib, har bir fuqaro tuşirgan mablağini vaqf.uz sayti orqali körişi va qayerga sarflanganini bilişi mumkin.
Fondga zakot mablağini internet tölov tizimlari orqali ötkazsa ham böladi.
Fond faoliyatining tamoyillari
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Allohning kalomi, Payğambar s.a.v. sunnatlari va yurtimizning qonun-qoidalariga köra öz işini amalga oşiradi. Şariat körsatmasiga muvofiq, zakotlarni ham öz egalariga yetkazib berişga harakat qiladi, çunki vaqfga tuşgan har bir mablağ omonat hisoblanadi.
Omonat – eng oğir yuk. Mana şu oğir yukni egasiga topşiriş vakolati bizga berilgan ekan, bu Alloh oldida ham, insonlar oldida hisobini beramiz.
Qanday kişilarga zakot, uşr, xayriyalar berişlar böyiça yöriqnomalar işlab çiqilgan.
Nimalarni vaqf qiliş mumkin?
Vaqf asosan mol-mulklardan, ya'ni foyda beradigan narsalardan qilinadi. Oziq-ovqat vaqf qilinmaydi, çunki ular vaqfdan taşqaridagi narsalardir. Ilgarilari masjidlar, yöllar quriş, boğ yaratiş, yerlar vaqf qilingan.
Vaqf qiluvçi kişi özining vaqf qiladigan mulkiga ba'zi bir şartlarni qöyişi mumkin. Vaqf qilinadigan mol-mulkimning bir qismi özimning ahlimga qoldiriladi, bundan çiqqan foydaning bir qismi kambağallar, tolibi ilmlarga beriladi, qolgan qismiga kitob çop etiş mumkin, degan şartlarni qöyişi mumkin.
«Vaqf» fondiga öz mulkini topşiriş holati hozirça uçramadi. Lekin takliflar bölib turibdi.
Xalqimizga vaqf şunday sadaqai joriyaki, oqib turuvçi savob ekanini tuşuntirsak, insonlar albatta öz mulklarini Allohning yölida uluğ vaqf qilişga muvaffaq bölişadi.
Xorijiy vaqf taşkilotlari bilan qanday hamkorlik qilinmoqda?
Ötgan yili Turkiya diyonat boşqarmasi bilan uçraşuv qildik. Ularning vaqf borasidagi tajribalarini kördik, memorandum imzoladik. Ularning vaqfiga 45 yil bölibdi.
Islom taraqqiyot banki bilan vaqf qonunçiligi böyiça hamkorlik qilişga harakat qilyapmiz. Vaqf qonunçiligi haqida Islom taraqqiyot banki mas'ul xodimi Vosim Abdulvahhob bilan 2 marta uçraşuv ötkazdik.
Zakot mablağlarini oluvçilarning haqiqatan ham haqdor ekani tekşiriladi
Zakot, fitr, fidya uçun alohida hisob raqam oçilgan. Zakot ibodat deganidir. Islomning beş farzidan biridir. Zakotni örniga tuşirişlik ham farz. Bu oddiy tuşunçamas. Fond esa tuşgan zakot pullarini öz egalariga yetkazişni kafolatlaydi.
Bizga keladigan yetimlar, kasalmand, nogironlar – hammasining haqdor ekanliklarini imom xatiblar ham tasdiqlab, mahalla faollari ham haqiqatda zakotga muhtoj ekanini tasdiqlab, hujjatlaştirilgandan keyingina öşanga zakot mablağlari berişga harakat qilinadi.
Zakot kör-körona murojaat qilgan odamga berilavermaydi. Zakot haqli insonlarni tekşirib, haqiqatda şu zakotga haqli bölsa, imom xatiblar yoki mahalla faollaridan şu kişi zakotga haqli degan hujjat olganimizdan keyin uning murojaati qondiriladi.
Jamoat fondiga tuşadigan mablağlarni onlayn kuzatiş imkoni bor, ammo oxirgi vaqtlarda mablağlar onlayn özgarmayapti. Buning sababi nima?
Fond billing tizim asosida şakllantiriladi, ya'ni qança mablağ tuşsa, bu öşa zahoti tizim orqali körinadi va xarajatlar ham aks etadi. Masalan, siz zakotingizni taşladingiz. Ismingiz yoziladi va nomingizdagi pul qayerga berilganini ham körsatadigan tizimni yaratişga harakat qilyapmiz. Hozirgi paytdagi tizim böyiça tuşgan va xarajat qilingan mablağ körinadi.
2 yillik sarhisob
Fond katta xayriya işlarini amalga oşirdi. Tolibi ilmlarga kontrakt tölab beriş, imom xatiblarni qöllab-quvvatlaş, umuman olganda, respublikadagi barça viloyatlarga muruvvat karvoni asosida xayriya tadbirlar amalga oşirdi.
Şu kungaça fondga 5 mlrd 846 mln 810 ming söm pul tuşdi.
Undan 5 mlrd. 193 mln. 230 ming söm pulni 6500 nafar odamga taqsimot qilib berildi.
Bu mablağ tuşişini ham billing tizimi orqali nazorat qilib boramiz.
Fond tomonidan 10ta aksiya ötkazildi. «Ilmga kömak», kitob, masjidlar va «Obod xonadon» aksiyalari mavjud. Fond bu aksiyalar doirasida 30dan ortiq masjidlarni ta'mirlaşga va ba'zilarini rekonstruksiya qilişga muvaffaq böldi.
Yaqinda Buxoroda qattiq şamol tufayli 21ta masjid tom qismini şamol kötarib taşladi. Jamoat fondi homiylar jalb qilgan holda şu masjidlar tom qismini yopib berdi. Kuni keça mana şu 21ta masjidning içki ta'miri uçun quriliş materiallarini jönatdik.
Yil davomida amalga oşirilgan işlarimiz bor. Navoiy viloyatining Nurota tumani Çuya qişloğida «Çuya» masjidi bor. «Vaqf» fondi şu masjidni odamlarga qulay hududga köçirib, yangi masjid qurişga hissa qöşdi. Qaşqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va boşqa çekka hududlarda şunday işlarni amalga oşiryapmiz.
«Vaqf mulkidan obi hayot» aksiyasi bor. 5 km masofada Hakim Termiziy ziyoratgohi yoniga suv olib borişga muvaffaq böldik. Samarqandda ham şunaqa işlar amalga oşirilyapti.
«Obod xonadon» aksiyasi doirasida Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida 3ta uy qurib berildi.
«Malham» xayriya aksiyasi doirasida Qon quyiş gematologiya markazida oqqonga çalingan bolalarga yordam berib kelyapmiz. Nogironligi bölgan bolalarga kömak berişga harakat qilinyapti.
Bizga murojaat qilganlarning har biriga e'tibor berib, murojaatini qondirişga harakat qilamiz. Şunaqa murojaatçilar keladiki, qaniydi imkoniyatingiz bölsa, ularning hojatini çiqarsangiz. Bular asosan jigar sirrozi bilan kasallanişgan. Hattoki jigari yarmini öz eriga berişga rozi bölgan ayollar keldi.
Yuzlab odamlar Hindistonda operatsiya qilişga muhtojligidan kelyapti.
Fondning klinikasini oçiş rejalaştirilmoqda
Tibbiyot klinikasi oçib, bizga murojaat qilganlarni davolaş, kerak bölsa Hindistondan şifokorlarni olib keliş işlarini amalga oşirmoqçimiz. Muhtojlarga bu xizmatlar bepul böladi.
Şuningdek, Moskvaning protez işlab çiqaradigan korxonasi bilan hamkorlik qilişni möljallaştiryapmiz, çunki ularning protezlari ança sifatli ekan.
Murojaat qilayotganlarning aksariyati kiçkina pul söramayapti. Kamida 50-100 mln. sömdan söralyapti. 3538 nafar fuqaroga 2 mlrd 274 mln söm mablağ ajratildi. Jumladan, jarrohlik amaliyoti uçun 776 nafar şaxslarga 922 mln söm, dori-darmon uçun 1071 nafar şaxsga 955 mln söm ajratildi.
Ramazon oyi murojaati
Mana, uluğ oyda turibmiz. Uluğ oy içidagi eng uluğ 10 kunligida turibmiz. Savoblar, ajrlar çeksiz beriladigan vaqtda turibmiz, çunki bu vaqt 1 yildan keyin qaytib keladi. Bizga şu yoki nasib qiladi, yoki qilmaydi. Demak, bizga şu narsa nasib qilayotgan ekan, bu kunlarda uluğ kunlarni qilişga harakat qilişimiz kerak.
Har bir inson: ilm öqiydigan kişi köproq ilm bilan, söz bilan ehson qiladiganlar söz bilan, boy-badavlatlar özlarining saxovatlari, zakotlarini örniga tuşirişlari bilan harakat qilişlari lozim. Çunki bu kunda beriladigan har bir mablağning qiymati ajri, savobini olib keladi.
Şu saxovatpeşa vatandoşlarimiz bu kunlarni ğanimat bilişga, bu kunlarda savob iş qilişda musobaqalaşişga çaqiraman, çunki Alloh Qur'onda bandalarini savob iş qilişga musobaqa qilişga buyurgan. Ayniqsa, saxiy kişilarimizning bu kundagi musobaqasi boşlandi. Sahobalar mana bu kunda musobaqalaşardi, ya'ni kim köp yaxşilik qilişga musobaqa qilişardi.
Şunday imtihon kunlarda köproq musobaqa qilişimiz kerak. Yaxşilikning ham, savobning ham katta-kiçigi bölmaydi.
Payğambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki, Alloh 3ta narsani içida 3ta narsani yaşirgan. Birinçisi, yaxşiliklarning içida öz roziligini yaşirgan. Yaxşilikning katta-kiçigi ma'lum emas. Kiçkina yaxşilik bölsayam, qilişga harakat qilişimiz kerak. Balkim şuning içida Allohning roziligi, fayzi, barakasi bordir.
Alloh Qur'onda: «Kimki zarraça misqol savob bölsa ham qilsa, u Allohning huzurida köradi», dedi. Bu kunlarda qilingan savob katta ajrlarni keltiradi.
Ikkinçisi, gunohlarning içida Alloh öz ğazabini yaşirgan, dedilar. Qaysi gunoh amalini? Biz bilmaymiz. Katta gunohmi yoki kiçigi? Yoki bölmasa bir sözimizning ortidan kelgan gunohmi? Demak, kiçik gunoh bölsa ham, uni pisand qilmaslik emas, unga yöl qöymasligimiz, saqlanişimiz kerak.
Uçinçisi, Alloh avliyolarni xalq içiga yaşirgan, dedilar. Kimni körsang, avliyo bil, deydi xalqimiz. Biz kişilarga xuddi şunday muomala qilsak, Allohning dösti sifatida murojaat qiladigan bölsak, jamiyatda özaro adovat, ğazabnoklik paydo bölmaydi. Jamiyat isloh böla boşlaydi.
Ikkinçi ma'nosi – Allohning valiy döstlari xalq içida böladi. Ular abdollardir. Ularning duolari Xudoning dargohida qabul böladi. Şuning uçun bu kunlarda har bir kişi duo qilişi kerak. Har bir kişi duo qilsa, balki Allohning valiysi öşa insondir. Öşaning duosi orqali möl-kölçilik böladi.