Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kunlik yarashuv e'lon qildi
“Tolibon” harakati Afg‘onistonda Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatishini e'lon qildi.
Foto: AFP
O‘t ochishni to‘xtatish 24 maydan 26 maygacha amal qiladi.
Harakat vakili Zabihulloh Mujohidning ta'kidlashicha, guruh rahbariyati “dushmanga qarshi hech qayerda hujumlar amalga oshirmaslikni” buyurgan. Bundan tashqari, jangarilarga Afg‘oniston hukumati nazoratidagi hududlarga kirib borish taqiqlangan. Bu qadamlar “aholi Ramazon hayitini osoyishta nishonlay olishi” maqsadida amalga oshirilmoqda.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon”ning ushbu qarorini qutlagan.
29 fevaralda AQSh va “Tolibon” Afg‘onistonda tinchlik jarayoni boshlanishi haqida kelishuv imzolagandi. Biroq kelishuv tuzilgandan bir necha kun o‘tgach, toliblar hukumat kuchlariga qarshi amaliyotlar qayta boshlanishini e'lon qilgan.
12 may kuni jangarilar Nangarhor viloyatida politsiya boshlig‘ining dafn marosimi vaqtida va Kobuldagi tug‘uruqxonaga hujumlar sodir etgandi. Nangarhordagi terakt 32 kishining, Kobuldagisi 24 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Prezident Ashraf G‘ani ushbu hujumlarda “Tolibon”ni ayblagan, biroq harakat ushbu hujumlarga aloqador emasligini aytgan.
Mavzuga oid
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
10:15 / 17.04.2026