Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden niqob taqishni rad etayotgan Trampni «ahmoq» deb atadi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Jo Bayden AQSh prezidenti Donald Trampni “ahmoq” deb atadi. Baydenning fikricha, Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida niqob taqishni rad etib, o‘zini “mard” qilib ko‘rsatishga urinmoqda va bu bilan yomon o‘rnak ko‘rsatmoqda.
Avvalroq Tramp AQShda 25 may kuni nishonlanadigan Xotira kuniga bag‘ishlangan marosimda niqobsiz paydo bo‘lgan, Bayden esa niqob va himoya ko‘zoynagida bo‘lgan. Keyinroq AQSh prezidenti Baydenning niqobdagi surati bilan tvitterda bo‘lishgan. CNN telekompaniyasi boshlovchisining fikricha, Tramp shu yo‘l bilan niqob taqishni zaiflik belgisi deb ko‘rsatib, siyosiy raqibini kamsitmoqchi bo‘lgan.
“U [Donald Tramp] bunday narsani gapirayotgani uchun ahmoq, g‘irt ahmoqdir”, deb aytgan Bayden CNN telekanaliga bergan intervyusida. Uning ta'kidlashicha, barcha yetakchi mutaxassislar “odamlar ichida bo‘lganda niqob taqish kerakligini” uqtirishayotgan bir paytda, Tramp niqob taqmay odamlarga yomon o‘rnak ko‘rsatib, “soxta mardlikni” namoyish qilmoqda, “odamlar esa bunga hayotlari bilan haq to‘lashmoqda”.
Ayni vaqtda AQSh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turibdi. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 1,7 mlndan, undan vafot etganlar esa 101 mingdan oshdi.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025