Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budjet tashkilotlarining chet el valutasidagi operatsiyalari Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valutasidagi mablag‘larini samarali boshqarish to‘g‘risida”gi 329-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 5 dekabrdagi PQ-4544-son qarorida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqildi, deb yozmoqda Norma.
Belgilanishicha:
budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining chet el valutasidagi operatsiyalari Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi;
Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamg‘armalari uchun chet el valutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi;
budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan tijorat banklarida chet el valutasidagi hisobvaraqlar ochilishi taqiqlandi yoki Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjat bilan Budjet tizimi budjetlari chet el valutasidagi mablag‘larining g‘azna ijrosi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi orqali operatsiyalar bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish tartibini belgilaydi.
Budjetlar tomonidan chet el valutasidan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Har bir chet el valutasi bo‘yicha G‘aznachilikda alohida hisobvaraq ochiladi.
Moliya vazirligining chet el valutasidagi operatsiyalari ham G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi, bunda to‘lovlarni amalga oshirish yoki valutalarni konvertatsiya qilish uchun G‘aznachilik Markaziy bankka buyurtmalar va to‘lov topshiriqnomalari taqdim etadi.
Davlat kafolati ostida xalqaro moliya institutlari hamda chet el hukumatlari moliya tashkilotlaridan olingan qarz va kreditlarni qaytarish so‘ndirish jadvali asosida amalga oshiriladi.
G‘aznachilikda chet el valutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish, shuningdek imzolar namunalari va muhr izi kartochkasini tasdiqlash tartibi Nizomga ilovalarda keltirilgan.
Hujjat 25.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026