– Baxtiyor, bilişimça, Özbekiston futbol assosatsiyasida şoşilinç majlis ötkazilgan. Şu majlisdan keyin tender haqida xabar çiqdimi yoki avvaldan bölgan rejamidi?
– Bu iş OFK bilan birgalikda 2017 yildan boşlangan edi. Turli loyihalar, xususan tijoriy huquqlar, media huquqlar töğrisida ham band bor edi. Buning ustida iş olib borgandik. Siz aytib ötgan majlisda ÖFA rahbariyati tomonidan tender e'lon qiliş yuzasidan topşiriq berildi.
– Bu qanday tender? Qanday huquqlar sotilyapti va şartlari qanaqa?

– Mamlakatda tatbiq qiliş mumkin bölgan onlayn huquqlar töğrisidagi gap ketyapti. Superliga va milliy jamoa iştirokidagi öyinlar internet maydonida köplab tomoşabin yiğyapti. Milliy jamoalarimiz öyinlarini millionlab tomoşabinlar internet orqali körişadi. Afsuski, ÖFA şu huquqlarga ega bölib turib şu vaqtgaça heç qanday daromad körmagan. Şu böyiça model tuzilganligi sabab mediada faoliyat yuritadigan kompaniyalar bilan iş olib borişimiz mumkin. Hozir PFL tasnifidagi musobaqalar haqida gap ketyapti. Lekin kelajakda ÖFAga, milliy jamoaga tegişli bölgan huquqlarni sotişda ham tender e'lon qilamiz.
Tenderda Pro-liga musobaqalarini suratga olib, körsatişni taşkil qila oladigan kompaniyalar ham iştirok etişi mumkin. Bilasiz, Pro-liga musobaqasi heç qayerda yoritilmaydi, lekin borib tomoşa qilsangiz, Pro-ligadagi ba'zi öyinlar hatto Superligadan qiziqarliroq ötadi. Bu musobaqaning öz muxlislari bölgani sabab uning translatsiyasini ham yölga qöymoqçimiz. Bu orqali Pro-liga saviyasini kötariş maqsadi közlangan.
– Tender e'lon qilinganiga bir neça kun böldi. Şu kunlar davomida qiziquvçilar böldimi?
– Ha, hozirgaça 3ta ariza kelib tuşdi. Bu raqam yana köpayadi, çunki qiziquvçi media kompaniyalar bor. Ular telefon orqali tender tartibi yuzasidan savollar berişdi. Ariza beriş 5 iyungaça davom etadi.
– Qiziqiş bildirganlar nomini oçiq aytolasizmi?
– Aytolmayman, çunki bu tijoriy sir hisoblanadi. Tender yakunida iştirokçilar nomini e'lon qilişimiz mumkin.
– Şu paytgaça internetda töğridan-töğri translatsiya deyarli yöq edi. Hozirgaça bölgan loyihalar hisobga ötmaydi, deb hisoblayman, çunki ular davomli bölmadi. Hozir bu amalga oşadigan bölsa, ilk katta loyiha böladi. Buning texnik şartlariga javob beradigan şunday katta kompaniyalar bormi bizda?
– Öylaşimça, Özbekistonda ham bunday kompaniyalarni topsa böladi. Köp narsa tuzilgan modelga boğliq. Marketing sohasida aytaylik, Angliya modeli Özbekistonga töğri kelmaydi. Har bitta mamlakatning öziga xosligi, yönalişi böladi. Özbekistonda futbol onlayn tranlyatsiyasida katta zafarlar kutyapti.
– Bu tender televizion translatsiyaga tegişli emas. Televizion translatsiya «Sport» kanaliga tegişli. Tuşunişimça, aslida huquq tegişlimas, lekin ular namoyiş qilişadi yoki huquq berilganmi?

– Ikki tomonlama memorandum tuzilgan. Bir tarfdan olganda, yagona «Sport» kanalining mavjudligi salbiy holat bölsa, ikkinçi tarafdan kanal xodimlari öz faoliyatini maksimal darajada bajarişga urinayotganliklarini ötgan yilgi mavsumda kördik. Televizion translatsiya böyiça tender onlayn şakldan köra ança qimmatroq turadi. Şu sababli bu modelni puxta öylab çiqqanimizdan söng bir qarorga kelamiz.
– Tender böyiça hamkorlik qanday böladi va neça tomonlama böladi? Teletranslatsiyalarni «Sport» kanali amalga oşirayotgan bölsa, onlayn platformada bu translatsiyalarni sotib olgan kompaniya özi kelib öyinni tasvirga olişi yoki «Sport» telekanalidan tayyor tasvirni olişi va özi namoyiş etişi kerak böladi. Bu kelişuvlarga «Sport» uçinçi tomon bölib qöşilsa, telekanal tasvirlarni uzatiş jarayonida qandaydir talablarni qöyişi mumkinmi?
– Bu masalada «Sport» kanali bilan maxsus kelişuv bor. Signalni beriş böyiça muammo bölmaydi. Şu sababdan Superliga musobaqalari böyiça jarayon maksimal darajada oson keçadi. Ötgan yili ham körgandik: ba'zi internet saytlar YouTube kanallarida öyinlarni namoyiş etişgan va heç qanday muammosiz translatsiya qilişgan. Lekin örtada PFL bölmagan. Şu sababdan biz bunga aralaşmaganmiz, çunki modelni tuzib çiqayotgandik. Proliga musobaqasida boşqaça vaziyat. Bu yerda aynan signalni kompaniyalar özlari tayyorlaşi kerak böladi va bu texnika sifatiga boğliq böladi. Internetning ustun tarafi töğridan-töğri efirdir.
– Bu yerda sizlarga boğliq bölmagan muammolar kelib çiqadi. Infratuzilma, transport, logistika. Nafaqat proliga, hatto Superligada iştirok etayotgan jamoalarda ham şaroitlar unça zör emas. Internet birdan uzilib qolişi, tezligi pastligi mobodo proligaga ma'lum kompaniya Zomin yoki Yaypanga boradigan bölsa, bunga kommunikatsiya, yaxşi tasvir uçun yoritiş tizimi javob beradimi? Agar internet tezligi javob bermasa, uni töğridan-töğri yoritiş imkoniyati böladimi? Bunga qançalik tayyorsizlar?
– Bizda turli variantlar bor. Agar buni qila oladigan kompaniya topilmasa, ÖFA özi ham prodakşin masalasi böyiça iş boşlaşi mumkin. Internetning yangi turlari çiqyapti. Buning texnik yeçimi bor. 2018 yilda (maykujo) loyihasi boşlanganda oddiy telefonda translatsiya qilingan va minglab tomoşabinlar yiğgan. Öşa paytda Google Analytics dan körganimizda, 86ta davlatdan tomoşabinlar kirib, Özbekiston çempionatini körgan.
– Tender xorij kompaniyalariga oçiqmi?
– Oçiq.
– Mahalliy va xorijiy kompaniyalarga talab bir xil böladimi? Şu bugungaça tenderga qiziquvçi xorijiy kompaniyalar ham böldimi?
– Hozirça yöq. Lekin xorijdan tender böyiça qönğiroq böldi. Unda tender talablari söraldi.
– Tenderning asosiy ustun şartlari nimalar?
Barça musobaqalar bitta paketda sotiladi. Şu şartlarni bajara oladigan kompaniya kirişi mumkin. Hozirda yuridik tomondan hujjatlar tekşirib çiqilmoqda. OFK va FIFA futbol assosatsiyalari uzoq yillik şartnomalardan voz keçişi kerakligini aytadi, çunki bu yerda federatsiya manfaatlari, töliq potensiali yöqolişi mumkin. Şu sababdan rahbariyat bilan kelişgan holda, şartnomalar neça yilga tuzilişi böyiça aniq aytiladi. 2019 yil milliy jamoalarga tegişli bölgan barça huquqlarni ÖFA öziga qaytarib oldi. Bu ham futbolimizdagi katta yutuq. Ungaça Singapurning World Sport Group kompaniyasi bilan şartnoma tuzilgan edi va bu futbolga katta foyda keltirgan. Lekin yillar ötganidan keyin maksimal darajada potensialimizni işlatiş imkoniyati yöq va bundan köproq foyda körişimiz mumkin.
– Birinçi şartnomani bekor qilganimizdan keyin ikkinçi bosqiç öyinlari böyiça muzokaralar olib borildi va barça milliy jamoalar öyinlarini bepul translatsiya qiliş imkoniyatiga ega böldik. Qöşimça daromad ham kördik. Saudiya Arabistoni bilan öyin signalini kompaniyaga sotişga muvaffaq böldik.

– Teletranslatsiyalarni ÖFA yil oxirigaça tajriba tariqasida ötkazib, hamma kamçiliklar aniqlanib, bartaraf etilgandan keyin tender e'lon qilinsa bölmasmidi?
– Yöq, çunki hozirgi kunda ÖFA yakka özi bu işni olib borolmaydi, çunki bu yerda köp sonli xodimlar guruhi faoliyat olib borişi kerak böladi.
– Yoki boşqa variant: tender e'lon qilmay, heç kimga sotmay tarjriba versiyasi-çi?
– Bu masala mablağ bilan boğliq. Tajriba versiyasi uçun ham ança kuç va mablağ talab etiladi. Şu sababdan bu bizga foydali bölmasligi mumkin edi. Agar iştirokçilar ÖFA talablarini töliq bajara olişmasa, özida huquqlarini saqlab qolişi mumkin. Ya'ni hammasi yuridik tomondan tuzilgan şartnomalar asosida böladi, çunki maqsadimiz futbolning şu sohasini rivojlantirişdir. Nima uçun boşqa futbol federatsiyalari qilolgan translatsiyalarni biz qilolmaymiz? Bizning vaqtimiz keldi.
Teletranslatsiyalarda 2-3 baravar köproq mablağ talab etilsa, bu borada ham klublar tomonidan model işlab çiqilişi mumkin. Bu böyiça takliflar berganman. Masalan, «Nasaf» futbol klubida 4ta kamera va televizion stansiya bor. Optik tolali internet orqali MTRKga töğridan-töğri efirni uzatişadi. Agar barça klublar şunday infratuzilmani yaratişsa, öylaymanki, boşqa kanallarga bu signallarni uzatiş imkoniyati paydo böladi. Hozir bu imkoniyat faqat «Nasaf»da bor.
– Agar klublarga bunday talab qöyilsa yoki iltimos qilinsa, klublar pul işlaşi mumkin. Hamkorlik va hammualliflik huquqlari sotilişi mumkinmi? Bir turda 7-8 ta öyin ötkazilsa, bir kompaniya markaziy, boşqasi hududiy öyinga qiziqişi mumkin.
– Xorijdagi kompaniyalar tajribasini örganib çiqqanimizda, bu oxir-oqibatda manfaatlar töqnaşuvini keltirib çiqaradi. Markaziy öyinni talaşib qoliş holatlari bölgan. 2 ta kompaniya birlaşib işlaşi mumkin.
Bobur Akmalov suhbatlaşdi
Tahririyatdan: Şu oyda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» telekanalini tark etgan rejissyor Jamoliddin Bobojonov va şarhlovçi Bobur Akmalov Kun.uz va Tribuna.uz saytlari jamoasiga qöşilişdi. Bundan buyon ijodkorlarning intervyu va maqolalarini şu saytlarda kuzatib borişingiz mumkin.











