Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzokara olib borilmoqda – O‘FA Kannavaro haqida
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Fabio Kannavaro bilan muzokara olib borayotganini ilk marotaba tasdiqladi.
Foto: Getty Images
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan milliy jamoa bosh murabbiyligi masalasida muzokara olib borilayotganini e’lon qildi.
«Xalqaro tajribaga ega va jahon chempionatida ishtirok etgan mutaxassislarni terma jamoaga taklif etish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom etmoqda. Xususan, O‘FA rahbariyati bu borada yaqin o‘tmishning yorqin yulduzlaridan biri, jahon chempionati g‘olibi, 2006 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda», deyiladi xabarda.
2 oktyabr kuni taniqli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishi, rasmiy hujjatlar yaqin 24-48 soat ichida imzolanishini xabar qilgan edi.
Avvalroq, O‘FA milliy jamoa bosh murabbiyligi masalasida Yoahim Lyov, Fotih Terim va Paulu Bentu bilan muzokara o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, ular O‘FA tomonidan biror marta tasdiqlanmadi.
52 yoshli Fabio Kannavaro futbolchilik faoliyatida katta yutuqlarga erishgan. U 2006 yilda Italiya milliy jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan va «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.
Murabbiylik faoliyatini Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubida boshlagan (2014-2015), keyinroq Saudiya Arabistonining «An-Nasr» (2015-2016), Xitoyning «Tyanszin» (2016-2017), «Guanjchou» (2017-2021) klublarida ishlagan, 2019 yilda bir muddat Xitoy milliy jamoasida ishlagan, so‘ngra Italiyaning «Benevento» (2022-2023) hamda «Udinize» (2024) klublarini boshqargan. So‘nggi ish joyi Xorvatiyaning «Dinamo» Zagreb klubi hisoblanadi. 2024 yil dekabrida jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan, ammo 2025 yil aprelida qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarilgan edi.
Mavzuga oid
15:05 / 28.11.2025
Italiya Nord Stream ishi bo‘yicha gumonlanuvchini Germaniyaga topshirdi
12:06 / 25.11.2025
Fabio Kannavaro va Mirjalol Qosimov JCh–2026 qur’asi marosimida ishtirok etadi
22:08 / 20.11.2025
So‘nggi yo‘llanmalar uchun kurash: Italiya va Turkiya raqiblarini bilib oldi
11:39 / 20.11.2025