Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp gubernatorlar va merlarni kech bo‘lmasdan Milliy gvardiyadan foydalanishga chaqirdi
AQSh prezidenti demokratik partiya a'zolari bo‘lgan gubernatorlar va merlarni kech bo‘lmasdan ko‘chadagi tartibsizliklarni bostirish uchun Milliy gvardiyani jalb qilishga chaqirdi.
«Milliy gvardiyani Minneapolisga yetib kelib kechiktirmasdan a'lo darajada bajargan ishi bilan tabriklayman. «Antifa» (amerikalik antifashistlar harakati) ning so‘l anarxistlari, boshqalar kabi tezda to‘xtatildi, — deb yozgan Tramp o‘z Twitter’ida. — bu harakatlar mer (demokrat Jyeykob Frey) tomonidan [tartibsizliklarning] birinchi oqshomidayoq bajarilishi kerak edi va muammo paydo bo‘lmasdi».
«Shtat va shaharlarga yetakchilik qilayotgan boshqa demokratlar Minneapolisda o‘tgan tunda so‘l radikal anarxistlar qay tarzda to‘liq to‘xtatilganiga e'tibor qaratishlari kerak. Milliy gvardiya a'lo darajada ishladi va kech bo‘lmasidan turib, boshqa shtatlarda ham undan foydalanish kerak», — degan AQSh prezidenti.
AQSh davlat rahbari «yolg‘onchi OAV»larni «toqatsizlik va anarxiya urug‘ini sochish»da ayblagan.
Tramp Minneapolisning dekmokrat merini shahardagi vaziyatga kechikib reaksiya bildirgani uchun butun hafta mobaynida ayovsiz tanqid qilib keladi. Prezident merni hattoki «so‘l radikal» ham deb atagan va uni irodasi bo‘sh rahbar, deb xarakterlagan. Frey ham bunga javoban Oq uy rahbarini tanqid ostiga olgan.
Amerika Milliy gvardiyasi qismlari har bir shtatda diskolatsiya qilingan va ular prezident hamda gubernatorlarga bo‘ysunadi. Milliy gvardiya AQSh Armiyasi (quruqlikdagi piyoda qo‘shinlar) va HHKning tashkiliy zaxirasi bo‘lib, ulardan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va tartibni saqlashda foydalaniladi. AQSh prezidenti qaroriga ko‘ra, Milliy gvardiya qurolli kuchlarga yordam berishi ham mumkin, jumladan mamlakat tashqarisida ham.