Onlayn mehnat yarmarkasi, biznes suhbat va kitobxonlik. Toshkentda yoshlar oyligi haqida ma'lumot berildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan 1 iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Yoshlar kuni» munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi Abdulaziz Nazirov karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, aksariyat tadbirlar aynan ijtimoiy tarmoqlar, radio hamda telekanallar orqali yoshlar uchun o‘tkaziladigan ma'rifiy-ko‘ngilochar tadbirlar qamrovi keng, ahamiyati yuqori, ta'siri ham beqiyos bo‘lishini qayd etdi.
«Yoshlar kuni» uchun poytaxtning har bir tumanida dastur ishlab chiqilgan, shuningdek, shahar miqyosida ham qiziqarli onlayn shoular, onlayn konsertlar, sportchilar bilan suhbatlar mo‘ljallaganini ma'lum qildi. «Yoshlar oyligi» doirasida 1-30 iyun kunlari poytaxtimizda 300dan ziyod tadbirlar bo‘lib o‘tib, jami 100 mingdan ortiq yoshlarni internet orqali qamrab oladi», – deb ta'kidlab o‘tdi u.
Ma'lum qilinishicha, ushbu oylik doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etilishi belgilangan:
Har kun davomida 30 yoshga to‘lmagan muvaffaqiyatli insonlar bilan onlayn suhbatlar;
1-10 iyun kunlari yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan;
11-20 iyun kunlari tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan;
21-30 iyun kunlari 5 tashabbusga qaratilgan:
30 iyun kuni onlayn gala-konsert.
Ta'kidlanishicha, ushbu tadbirlar orasida Toshkent shahridagi Yoshlar markazida «Bandlik markazi»ni tashkil qilish, ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida «Bo‘sh ish o‘rinlari» to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar hamda rasmiy kanallar orqali «Mehnat yarmarkalari»ni o‘tkazish maqsad qilib olingan. Shuningdek, «Ustoz-shogird an'analari», Sartaroshlik, hunarmandchilik kabi kasb egalaridan onlayn darslar tashkil qilish va frilanserlik xonasini ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik obektlariga onlayn sayohat, «Bolalar ovozi» loyihasi, «Toshkent kitobxon shahar» va «MegaMozg» loyihasi amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:11 / 14.06.2018
Zangiotada yoshlardan 289 nafari doimiy ishga joylashadigan bo‘ldi
21:34 / 26.01.2018
Chirchiqda aholi bandligiga bag‘ishlangan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
23:24 / 01.08.2017
Samarqandda tibbiyot xodimlarining mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
16:28 / 20.03.2017