2018 yil 13 iyun kuni Toşkent viloyati Zangiota tumani hokimi A.Tamikayev va tuman prokurori N.Abdullayev taşabbusi bilan "Yoşlar - kelajak bunyodkori" şiori ostidagi yoşlar innovatsion haftaligi doirasida kasb-hunar kolleji bitiruvçilari, uyuşmagan yoşlar, harbiy xizmatdan qaytgan yoşlar, jazoni ijro etiş muassasalaridan ozodlikka çiqqan fuqarolarni doimiy iş bilan ta'minlaş maqsadida mehnat yarmarkasi taşkil etildi.

Mazkur tadbirda 2000dan ziyod tuman yoşlari iştirok etib, işga kiriş istagida bölgan yoşlardan 289 nafari turli sohalar böyiça doimiy işga joylaşiş uçun yöllanmalar olişdi hamda 25 nafar tadbirkorlik qiliş istagini bildirgan yoşni qöllab-quvvatlaş maqsadida ularga tumandagi tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilganligi töğrisidagi sertifikatlar topşirildi.





Mehnat yarmarkasida tumandagi 30dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari hamda tuman bölim va taşkilotlar özlarida mavjud bölgan böş iş örinlari bilan qatnaşdi. Tadbir davomida tuman hokimi, hokim örinbosarlari, tuman prokurori hamda yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi mas'ul xodimlari tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatlarini kengaytiriş böyiça muhokamalar ötkazdilar.
























