Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘lbola usulda tayyorlangan biofaol qo‘shimchalar aniqlandi
Jizzax viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga karshi kurashish bo‘limi xodimlari Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro G‘.S. qo‘lbola usulda tayyorlangan 10 quti biofaol qo‘shimchalarni sotayotganligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, fuqaro G‘.S.ning ko‘rsatmasiga asosan Navoiy viloyati hududida tezkor tadbir davom ettirilib, boshqa bir fuqaro D.I ham 15 dona qalbaki biofaol qo‘shimchalarni sotayotganda qo‘lga olindi.
Shuningdek, D.I. o‘zi ixtiyoriy ravishda yashash xonadonida saqlayotgan dastlabki qiymati 18 020 000 so‘mlik, jami 53 quti sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalarni tezkor guruh ishtirokchilariga taqdim etdi.
Mazkur o‘tkazilgan tadbirlar davomida huquqbuzarlardan dastlabki qiymati 26 520 000 so‘mlik, jami 78 quti biofaol qo‘shimchalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
21:01 / 28.02.2026