Jamiyat | 08:41 / 03.06.2020
4069
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelida ko‘chalardan biri ta'mirlanadi, haydovchilardan aylanma yo‘llar orqali harakatlanish so‘raldi

Yangi Sergeli ko‘chasining Qipchoq ko‘chasidan Shokirariq va So‘g‘diyona ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi ta'mirlanadi. 

Joriy yilning 2 iyun kuni kechki soat 22:00 dan 4 iyun kuni soat 18:00 gacha Yangi Sergeli ko‘chasining Qipchoq ko‘chasidan Shokirariq va So‘g‘diyona ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi ta'mirlanadi. 

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan yo‘lning ushbu qismida harakatlanuvchi avtomobillar aylanma yo‘llar orqali harakatlanishi mumkin.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi poytaxt hokimligi ma'lumotida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid