O‘zbekiston | 08:38 / 04.06.2020
3948
1 daqiqa o‘qiladi

Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga bojxona imtiyozlari taqdim etildi

Prezidentning 30.05.2020 yildagi «Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi PQ-4737-son qarori qabul qilindi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodi: 8703 22 101 0, 8703 23 193 0, 8703 24 101 0, 8703 31 101 0, 8703 32 191 0, 8703 33 191 0) 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga import bojxona bojidan ozod qilindi.

Norma’ning yozishicha, mazkur imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan 2020 yil 30 mayga qadar olib kirilgan «bojxona ombori» rejimida 6 oydan ko‘p turgan yangi tez tibbiy yordam avtomobillarining bojxona rasmiylashtiruvida ham qo‘llaniladi.

Avtomobillardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan import bojxona boji summasi moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda Davlat budjetiga undirib olinadi.

Hujjat 30.05.2020 yildan kuchga kirgan.

Mavzuga oid