Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, ÖzXDP fraksiyasi a'zosi Maqsuda Vorisova partiya elektorati uçun muhim bölgan yana bir oğriqli masalani kötarib çiqdi:

– Xizmat taqozosi bilan oilasida nogironligi bor bolalarni parvariş qilayotgan onalar bilan köp uçraşganman. Oilaning şaroiti qanday bölişidan qat'iy nazar, bu onalarning közida yuragingizni örtab yuborar darajada dard, mungni körasiz. Ona uçun töqqiz oy bağrida kötarib, tölğoq azoblariga çidab dunyoga keltirgan farzandida nuqson borligini körişdan ham katta azob bölmasa kerak.

Xalqimiz bolajon, farzandida qanday kasallik yoki nuqson bölişidan qat'iy nazar, uni bağriga bosadi va aksar holatda oilasida tarbiya va parvariş qiladi.

Köplab davlatlarda bunday oilalar davlat tomonidan moddiy rağbatlantiriladi. Sababi, nogironligi bor bolani davlat muassasalarida parvariş qiliş uçun ança katta mablağ sarflanişi kerak.

Xöş, bizda-çi?.. Nogironligi bor bola uçun har oyda 460 ming söm nafaqa belgilangan. Ona 55 yoşga yetgaç, unga ijtimoiy nafaqa (uning bugungi miqdori 268 ming söm) ajratiladi. Yaxşi, lekin bu bolani parvariş qilayotgan ona yoki ota mehnat qobiliyati böla turib, işlaş imkoni yöq. Şunday holatda yillar davomida qarovçi nima evaziga kun körişi kerak? Oilada bir emas, bir neça nogironligi bor bolalar yoki özini eplay olmaydigan bemorlarga qarayotgan yurtdoşlarimizning ta'minotini kim öylaydi?

Köpçilik holatlarda oilasida nogironligi bor şaxslar yaşaydigan oilalar kambağalligi aniqlanmoqda. Sababi juda çuqur va ma'lum.

Şuning uçun Xalq demokratik partiyasi bolalikdan nogiron farzandini yoki birinçi guruh nogironi bölgan oila a'zosini parvariş qilayotgan fuqarolarimizga ham nafaqa tayinlaş taklifi bilan çiqmoqda. Bu jamiyatimizda ijtimoiy adolat örnatiş yölida qöyilgan yana bir muhim qadam böladi, deydi M.Vorisova.

Qonun loyihasiga yangi me'yor kiritiş ham, yaxşi me'yorlarni asrab qoliş ham birdek muhim. Ayni kunlarda “Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida”gi qonun loyihasi böyiça Qonunçilik palatasida qizğin muhokamalar bölib ötmoqda. Bunga jiddiy sabablar bor.

Avvalo, amaldagi “Özbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş töğrisida”gi qonun 14 yil oldin qabul qilingan bölib, unda nogironlikka asosan tibbiy tuşunça sifatida yondoşilib, bunday insonlarning jamiyatga faol integratsiyalaşuvini ta'minlaş borasida huquqiy asoslar yetarli aks ettirilmagan.