O‘zbekiston | 17:05 / 04.06.2020
30465
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3900dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 35 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 4 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3909 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 8 nafari esa (6 nafari Navoiy shahrida, 1 nafardan Navbahor va Karmana tumanlarida) aholi orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 66ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 68 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3082 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 811 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid