O‘zbekiston | 23:19 / 04.06.2020
30537
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3939taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 30 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 4 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3939 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 28 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 1 nafari esa Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi», deyiladi xabarda.

Bugun 96ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 73 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3087 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 836 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid