Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SARS-CoV-2 koronavirusi genomida inson oqsilining bir qismi topildi
Kembrij universiteti bioinformatiklari sun'iy ongdan foydalanib, SARS-CoV-2 koronavirusi genetik ketma-ketligida insonning muhim oqsillaridan biridagi parcha bilan bir xil, 8 ta aminokislotadan iborat kiritmani aniqlashdi.

Foto: AP
Bu kiritma virus genomining uning inson hujayrasiga kirishi imkonini belgilaydigan joyida joylashgan. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, ushbu parcha mutlaq o‘ziga xos bo‘lib, boshqa turdagi koronaviruslarda uchramaydi.
Gyottingen universiteti (Germaniya) professori, genetik Konstantin Krutovskiy “Izvestiya” nashri bilan suhbatda SARS-CoV-2’da inson oqsilining bir qismi paydo bo‘lishining 4 ta taxminini ilgari surdi.
“Albatta, bu tasodifiy mutatsiya-kiritma bo‘lishi mumkin, biroq buning yuz berishi ehtimoli juda kichik. Ikkinchi variant: koronavirusning oraliq xo‘jayini insonnikiga o‘xshash kiritmaga ega bo‘lib, virus tabiiy saralash va mutatsiya vaqtida unga moslashgan. Biroq ushbu oraliq xo‘jayin hali topilmadi. Uchinchisi: virus odamlar orasida anchadan beri mavjud bo‘lgan yoki u inson hujayralarida laboratoriya sharoitida yetishtirilgan. Va nihoyat to‘rtinchi taxmin: bu kiritma koronavirusga sun'iy yo‘l bilan kiritilgan”, deb hisoblamoqda mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

22:11 / 22.05.2021
Qirg‘izistonda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini onlayn o‘tkazish tavsiya etildi

19:54 / 22.05.2021
Kambag‘al mamlakatlar koronavirus ixtiyoriga topshirib qo‘yildi – BMT bosh kotibi

23:17 / 21.05.2021
JSST vakili koronavirus qurbonlari soni rasmiy statistikaga qaraganda ancha ko‘pligini aytdi

10:19 / 21.07.2020