Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport yo‘nalishidagi imtihonlar 50 foizga soddalashtiriladi, abituriyentlar razryadlar bo‘yicha normativlarni topshirishmaydi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida abituriyentlar sport razryadlari bo‘yicha normativlarni topshirishmaydi, imtihonlar 50 foizga soddalashtiriladi. Bu haqda bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan onlayn brifingda ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ijodiy va kasbiy imtihonlar 50 foizga soddalashtirilgan. Har yili bo‘ladigan sport razryadlarini bajarish bo‘yicha normativlar olib tashlangan. 2020 yilgi imtihonlarda abituriyentlar sport razryadlarini topshirishmaydi.
O‘qishga kiruvchi nomzodlar umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 2 ta mashqni bajarishadi. Shuningdek, abituriyentlarning texnik tayyorgarligi baholanadi. Rasmiylarning aytishicha, texnik tayyorgarlik baholanganda sportchilar o‘rtasida kontakt bo‘lmaydi.
Brifingda ta'kidlanishicha, 28 ta sport turi bo‘yicha umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha imtihonlarda eng yuqori ball 93 balni tashkil etadi. Abituriyentlarning texnik tayyorgarligi maksimal 96 balgacha baholanadi. Har bir sportchi ushbu sinovlarni bir soat ichida topshirib bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026