Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol farzandli bo‘ldi. Tug‘ruq jarayoni yetti soat davom etdi
Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida koronavirusga chalingan homilador ayol farzandli bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, tug‘ruq jarayoni 7 soat vaqt davom etgan.
«Koronavirus infeksiyasi aniqlanib, ushbu tug‘ruq majmuasiga olib kelingan beshariqlik homilador ayol G. farzandli bo‘ldi. Jigar yetishmovchiligi bilan xastalangan 21 yoshli ayol joriy yil 19 may kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan charter reys orqali Toshkentga olib kelingan va karantinga olingan edi.
Unda homiladorlik birinchi yarmi yengil darajadagi toksikoz bilan kechgan. So‘nggi ikki hafta davomida esa oyog‘ida shishlar, nafas siqishi, hansirash, burun bitishi, tomoq qichishishi, ta'm va hid bilish sezgilari yo‘qolishi, teri sarg‘ayishi boshlangan. Undan olingan tahlil natijalariga ko‘ra, ayolda koronavirus aniqlanib, mazkur 3-sonli tug‘ruq majmuasiga olib kelingach, birinchi navbatda, tahlillar olindi, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Unda malakali shifokorlar, jumladan, akusher-ginekolog, epidemiolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist-gepatolog, neonatolog kabi qator mutaxassislar ishtirok etib, zarur va tezkor davo muolajalari olib borildi», deyiladi vazirlik xabarida.
6 iyun kuni homilador ayolda tug‘ruq boshlanib, tug‘ruq jarayoni 7 soat davom etgan. Tug‘ruqning ikkinchi davrida ayolda nafas yetishmovchiligi, holsizlik, qon bosimini keskin ko‘tarilishi kabi belgilar kuchayib, jarayon namlangan kislorod berish ostida olib borilgan.
«Shunga qaramay, tajribali shifokorlarimizning sa'y-harakatlari natijasida homilador ayol o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Eng muhimi, tug‘ruqdan keyingi davrda ayolning hayotiga xavf soluvchi asoratlar kuzatilmadi.
Yanada quvonchlisi esa, chaqaloqdan koronavirusga olingan tahlil natijalari yosh murg‘akda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.
Ayni paytda chaqaloqning holati qoniqarli bo‘lib, onasi bilan birga shifokorlarning tibbiy kuzatuvida bo‘lib turishibdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022