Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida koronavirusning yangi holatlari to‘rtta hududda qayd etildi
Bemorlar Navoiy hamda Zarafshon shaharlari, Karmana va Navbahor tumanlaridan.
Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining ma'lumotlariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy ro‘yxatda 229 nafar ekanligi qayd etilmoqda.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda koronavirusga chalingan 114 nafar bemorlar Zarafshon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, NKMK Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 3 - sonli TSQ “Terapiya” bo‘limida hamda Konimex tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolanmoqda.
Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari — Navoiy viloyatidan ekanligi bo‘yicha ma'lumot berildi. Ushbu bemorlarning 2 nafari Navoiy shahridan hamda Zarafshon shahri, Karmana, Navbahor tumanlaridan bir nafardan bemorlar borligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026