O‘zbekiston | 23:08 / 08.06.2020
34261
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida aholi orasida yana 36ta holat aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 36 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 8 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4440 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.

Bugun jami 109ta yangi holat aniqlandi, shundan 54tasi Toshkent shahrida qayd etilgan. 7 iyun kuni ham poytaxtda aholi orasida 195 kishida virus aniqlangandi.

Shuningdek, uch bemor tuzaldi, bir bemor vafot etdi.

Shu vaqtgacha 3357 kishi tuzalib chiqqan, shifoxonalarda 1065 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid