Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,5 mlrd so‘mlik 1025 ta velosiped va “Captiva”dagi 612 mln so‘mlik kosmetika vositalari fosh qilindi
Tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1,5 milliard so‘mlik tovarlar
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi ma'suliyati cheklangan jamiyatlardan biri nomiga xorijdan temir yo‘l konteynerlarida kelgan yuklarni bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.
Natijada konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mlik 355 kg. velosiped ehtiyot qismlari va 1025 dona yig‘ilmagan holdagi tayyor ikki g‘ildirakli velosiped tovarlari borligi ma'lum bo‘ldi.
Bojxonachilar “Captiva” egasini 612 million so‘mlik ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olishdi

Toshkent viloyati Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlat bilan chegara oldi hududi ko‘zdan kechirildi va u yerda xorijda ishlab chiqarilgan 17 dona qog‘oz karton qutilarda turli xil kosmetika vositalari borligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu tovarlarni chegara hududidan olib ketish uchun fuqaro A.O. o‘zining “Captiva” rusumli avtomashinasida kelganida o‘rnatilgan tartibda qo‘lga olindi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan 30 xil nomdagi jami 1756 dona kosmetika vositalarining umumiy qiymati 612 million so‘mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026