Jamiyat | 08:10 / 09.06.2020
8350
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda temir yo‘l izlariga tosh qo‘yib qo‘ygan maktab o‘quvchilari aniqlandi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 7 iyun kuni soat 14:20da Navoiy viloyati IIB TXTBga Buxoro MTUga qarashli Malik temir yo‘l bekati navbatchisi, Buxoro lokomotiv deposiga qarashli elektrovoz mashinisti S.S. yuk poyezdi bilan “Binokor-Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan vaqtida, “Binokor-Malik” temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi 3907-km.da temir yo‘l izlari ustiga tosh bo‘laklari qo‘yilganligini xabar bergan. 

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, bundan elektrovoz va yuk poyezdi hech qanday zarar ko‘rmagan va to‘xtamasdan harakatni davom ettirgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, umumiy o‘rta ta'lim maktabining o‘quvchilari, 2004 y.t. D.F. va 2006 y.t. S. M. temir yo‘l izlari atrofida o‘ynab yurganda tosh qo‘yishganligini ma'lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“Shu o‘rinda hurmatli fuqarolarimizga eslatib o‘tamiz. Temir yo‘l transporti yuqori xavfga ega transport, shuning uchun xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Xavfsizlik qoidalarini buzish bilan siz nafaqat o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘ygan, balki temir yo‘l transportida harakatlanish xavfsizligiga tahdid solgan bo‘lasiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid