Qayd qilinişiça, poyezd ikki haftada bir marta harakatlanadi. Qaror Tojikiston Respublikasi temir yöl ma’muriyatining iltimosiga köra qabul qilingan va Qozoğiston va Özbekiston ma’muriyatlari bilan kelişilgan.

Poyezd Duşanbedan yakşanba kunlari jönab ketadi va çorşanba kunlari Moskvaning Paveletskiy vokzaliga yetib boradi. Moskvadan qaytiş reysi payşanba kunlari, Duşanbega yetib boriş esa duşanba kunlariga rejalaştirilgan. Safar vaqti taxminan tört sutkani taşkil etadi.

Poyezd yönalişi Tojikiston, Qozoğiston, Özbekiston va Rossiya hududlari orqali ötadi. Buxoro, Nukus, Qönğirot, Qandiyoğoç, Aqtöbe, Ilets, Orenburg, Samara, Sizran, Penza, Ryajskiy va boşqa aholi punktlarida yölovçilarni çiqariş va tuşiriş uçun töxtaş joylari mavjud. Poyezd tarkibiga platskart va kupeli vagonlar kiritilgan.

Tojikiston poytaxti va Moskva örtasidagi temir yöl qatnovi 2020 yil mart oyida COVID-19 pandemiyasi tufayli töxtatilgan edi.