9 iyun kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi kömagida “China–Uzbekistan Medicine Technical Park” texnoparki tomonidan işlab çiqarilgan 19 500 dona «Rutan» dori vositasi Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligiga beğaraz taqdim etildi, deb xabar bermoqda Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati.
Taqdimotda Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari Olimjon Töyçiyev, Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Şavkat Salixov, Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori örinbosari Bahrom Almatov, Farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi direktori Sardor Kariyev, Özbekiston—Xitoy texnoparkining direktori Şarofiddin Mirzaahmedov va boşqa mutasaddilar iştirok etdi.
ÖzFA Bioorganik kimyo instituti olimlari yaratgan, grippga qarşi original «Rutan» dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan ötkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi gripp virusi ta'sirini 78,3 foizga susaytiriş xususiyatini namoyon qilgan.

«Rutan» dori GMP talablariga javob beruvçi Xitoy-Özbekiston tibbiy texnoparkida tayyorlangan, 11 ming öram dori koronavirusga qarşi gumanitar yordam sifatida Eronga yuborilib, laboratoriya sinovlaridan ijobiy ötgan.
Ma'lumot uçun, Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan hamkorlikda işga tuşirilgan Özbek-Xitoy ilmiy-texnologik parkiga 20 million dollar miqdorida investitsiya kiritilgan bölib, 300ta iş örni taşkil etilgan. Markazning öziga xosligi - unda ham şarq tabobatining asrlar davomida sinovdan ötgan davolaş uslublari, ham ğarb tibbiyotining ilğor natijalaridan foydalaniladi.


Bugungi kunga kelib texnoparkda dori preparatlarining 8 xil körinişdagi (tabletkalar, kapsulalar, suyuq körinişdagi va boşqa) turlarini işlab çiqaradigan farmatsevtika zavodi faoliyat yuritmoqda. Zavod yuqori xalqaro standartlarga töliq javob beradi va GMP talablariga mosligi bilan ahamiyatga molik.
GMP (Good Manufacturing Practic) – dori vositalari, tibbiyot uskunalari, diagnostika jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari, biologik faol qöşimçalarni işlab çiqariş me'yorlari, qoidalari va körsatmalarini mujassam etgan xalqaro tizim bölib, ma'lum preparat yaratilganida belgilangan talablarga mos ravişda hamda mazkur preparatni röyxatdan ötkazuvçi organning talablari asosida preparat işlab çiqarilişini ta'minlaydi.

















