O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4547 nafarga yetdi
Mamlakatda 1070 nafar bemorga shifokorlar tomonidan davo choralari ko‘rilmoqda.
2020 yil 10 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4547 (+27) nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 holatda esa (Toshkent shahri 1, Qashqadaryo viloyati 1, Toshkent viloyati 4) aholi orasida aniqlandi.
Ayni paytda respublikada 3459 nafar bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda
Hozirda mamlakatda 1070 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022