O‘zbekiston | 13:21 / 10.06.2020
27287
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3475 nafarga yetdi

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 3475 nafarni tashkil etmoqda. 

Buxoro viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida 6 nafar va Namangan viloyatida 3 nafar, jami 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, shu tariqa Buxoroda jami kasallik qayd etilganlar soni 466 nafar bo‘lib, endilikda shundan 457 nafari tuzaldi. Ayni paytda viloyatda davolanayotganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda

Samarqandda jami kasallik aniqlanganlar soni 381 nafar bo‘lib, endilikda shundan 327 nafari sog‘aydi. Ayni paytda viloyatda infeksiyaga chalingan 52 nafar bemor davolanmoqda. 

Namanganda esa shu paytgacha 270 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda shifo topganlarning soni 254 nafarga yetdi. Shu kunlarda namanganlik shifokorlar yana 12 nafar infeksiyaga chalingan bemor hayoti uchun kurashmoqda.

Shunday qilib, hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 3475 nafarni tashkil etmoqda. 

Mavzuga oid