O‘zbekistonda yana 72 kishida koronavirus aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 72 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 11 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4695 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 18 nafari Navoiy viloyatida, Toshkent shahri va Namangan viloyatida 3 nafardan aholi orasida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonaning 28 nafar ishchisida aniqlandi», deyiladi xabarda.
Ayni paytda respublikada 3532 nafar bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda
Hozirda mamlakatda 1144 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022