Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston senatiga saylovlar o‘tkaziladigan sana belgilandi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev parlamentning yuqori palatasi – Senatga saylovlar 12 avgustda o‘tkazilishi haqidagi farmonni imzoladi.
“Qozog‘iston Respublikasi parlament senati deputatlari vakolatlari 2020 yil oktyabrda tugashi sababli 2020 yil 12 avgustga senat a'zolari saylovlarini belgilashni buyuraman”, deyilgan farmon matnida.
Bundan tashqari, mamlakat hukumati, poytaxt Nur-Sulton, Olmaota va Chimkent shaharlari va viloyatlar ma'muriyatlariga senatorlar saylovlarini tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy ta'minlash bo‘yicha choralar ko‘rish vazifasi topshirilgan.
Senatga 14 ta viloyatning har biridan, respublika ahamiyatidagi ikki shahar – Olmaota va Chimkentdan hamda poytaxt Nur-Sultondan 2 nafardan kishi kiradi. Bundan tashqari, 15 senator senatda milliy-madaniy va jamiyat manfaatlarini bildiruvchi boshqa elementlar vakilligini ta'minlash uchun davlat rahbari tomonidan tayinlanadi. Senat deputatlari vakolatlari 6 yilni tashkil qiladi.
Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, senat a'zolari saylovlarida mahalliy vakillik organlari – maslihatlar deputatlari ishtirok etadi. Senatorlarning yarmi har 3 yilda qayta saylanadi. Ushbu senatorlarning qayta saylanishi ularning vakolatlari yakunlanishiga kamida 2 oy qolganda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:58 / 20.12.2025
Talabalar tomonidan 9 oy ichida 500ga yaqin jinoyat sodir etilgan
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025