O‘zbekiston | 13:51 / 13.06.2020
2764
2 daqiqa o‘qiladi

Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimi o‘zgartiriladi

Vazirlar Mahkamasining 8.06.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 366-son qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, ilmiy tashkilotlar faoliyati va ilmiy salohiyati tanqidiy tahlil qilingan holda, akademik ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek xodimlarning ayrim toifalari mehnatini rag‘batlantirish maqsadida:

2020 yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq to‘lash, bino va inshootlarni saqlash xarajatlari hamda joriy xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

boshqaruv xodimlari va ayrim yordamchi xodimlarning ish haqi miqdori ularning egallab turgan lavozimidan kelib chiqib o‘rtacha 130 foizga tabaqalashtirilgan miqdorda oshiriladi.
 
Hujjatda Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlar sonini maqbullashtirish nazarda tutilgan. Ayrim akademik ilmiy muassasalar bo‘yicha yangi tashkiliy tuzilmalar belgilangan, shuningdek 2020 yilga qadar xodimlar sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvallari tuzilgan.
 
Hujjat bilan Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining boshqaruv va ayrim yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorlari tasdiqlandi. Davlat dasturlari doirasidagi fundamental tadqiqotlarning amalga oshirilishi to‘xtatiladi va undan bo‘shagan budjet mablag‘lari ilmiy tashkilotlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
 
Hujjat 9.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid