O‘zbekiston | 10:03 / 13.06.2020
40113
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4900dan oshdi

2020 yil 13 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4901 (+32) nafarni tashkil etmoqda.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 10 nafari esa xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Ayni paytda respublikada 3758 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatda 1124 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid