O‘zbekiston | 17:02 / 13.06.2020
47872
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana 36 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

2020 yil 13 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4937 (+36) nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 26 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari xorijdan kelib, qolgan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 2 nafari esa aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda respublikada 3837 (+79) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
 
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1081 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid