Jamiyat | 10:00 / 15.06.2020
5634
5 daqiqa o‘qiladi

SamDTIda «Covid-19 bemorlarini reabilitatsiya qilishda ko‘p yo‘nalishli yondashuv» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi

2020 yil 13 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan «SOVID-19 bemorlarini reabilitatsiya qilishda ko‘p yo‘nalishli yondashuv» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada Samarqand davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va klinik ordinatorlari hamda I.Kant nomidagi Baltika federal universiteti, Ijyevsk davlat tibbiyot akademiyasi, Volgabo‘yi tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya), Bukovina davlat tibbiyot universiteti (Ukraina) kabi nufuzli xorijiy tibbiyot universitetlarining soha mutaxassislari qatnashdilar.

Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsad koronavirus pandemiyasi bilan kurashish, bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish borasida halqaro tajriba almashish, mamlakatimiz tibbiyot fani va sog‘liqni saqlash tizimida ilg‘or halqaro usullarni joriy qilishdan iborat bo‘ldi.

Xalqaro konferensiyani kirish so‘zi bilan SamDTI rektori, professor Jasur Rizayev ochib berdi va o‘zining qutlov so‘zida o‘tkazilayotgan konferensiyani maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritib hozirgi kunda dunyoda kasallangan va tuzalgan bemorlarni reabilitatsiya qilish, jumladan nafas olish funksiyasini yaxshilash, simptomlarni yengillashtirish, asabiylashish va depressiyani kamaytirish, asoratlar ehtimolini kamaytirish, ushbu ishlarni reabilitolog-bemorlar yordamida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish eng dolzarb masala bo‘lib qolayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Konferensiyada eshitilgan ma'ruzalarda «Bemorlarni reabilitatsiya qilishda ko‘p yo‘nalishli yondashuv yangi koronavirus infeksiyasi» (Z.F. Mavlonova, t.f.n., dotsent, SamDTI tibbiy reabilitatsiya, fizioterapiya va sport tibbiyoti kafedrasi mudiri, A.Usmonxo‘jayeva, t.f.n., dotsent, ToshTA an'anaviy tibbiyot, reabilitatsiya va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri (O‘zbekiston), «SOVID-19 bilan yurak-qon tomir asoratlari: reabilitatsiya choralari» (O.S.Polyanskaya, Bukovina davlat tibbiyot universiteti ichki kasalliklar, jismoniy reabilitatsiya va sport tibbiyoti kafedrasi professori, Bukoviniya jismoniy va reabilitatsion tibbiyot jamiyati raisi (Chernivsi, Ukraina), «Pandemiyada asabiylashish va depressiya terapiyasini taktika va strategiyasi» (I.V. Reverchuk, I.Kant nomidagi Baltika federal universiteti, terapiya kafedrasi professori, Somatopsixologik salomatlikni himoya qilish bioinstituti direktori (Rossiya), «Reabilitatsiya jarayonida raqamlashtirish – YeKG nazoratini imkoniyatlari» (V.K. Korneyevich, Bukovina Davlat tibbiyot universitetini ichki kasalliklar, jismoniy reabilitatsiya va sport tibbiyoti kafedrasi mudiri, Faxriy doktor (Chernivsi, Ukraina), «Tibbiy va psixologik reabilitatsiya: ehtiyoj, tashxis va tashkil etish tizimi» (T.Yu. Pomitkina, t.f.n., dotsent, Ijyevsk davlat tibbiyot akademiyasi pedagogika, psixologiya va psixosomatik tibbiyot bo‘lim boshlig‘i (RF), «SOVID-19 o‘tkazilgan operatsiyadan so‘nggi bemorlarda reabilitatsiya ishlarining xususiyatlari» (I.Polyanskiy, t.f.d., professor, Bukovina Davlat tibbiyot universitetini 1-son jarrohlik kafedrasi mudiri, Xizmat ko‘rsatgan shifokor (Chernivsi, Ukraina), «SOVID-19 bilan kasallangan bemorlarni reabilitatsiyasida fizioterapevtik usullar» (Yu.A. Izelyan, t.f.n., Volgabo‘yi tadqiqot tibbiyot universiteti tibbiy reabilitatsiya kafedrasi dotsenti (Nijniy Novgorod, RF), «Pandemiyada ruhiy salomatlik (klinika va reabilitatsiya masalalari)» (A.S. Velilyayeva, t.f.n., dotsent, SamDTI psixiatriya, tibbiy psixologiya va giyohvandlik kafedrasi mudiri (O‘zbekiston), «SOVID-19 va yurak-qon tomir kasalliklar. Reabilitatsiya xususiyatlari» (I.R. Agababyan, t.f.n., dotsent, SamDTI terapiya kafedrasi mudiri) masalalari muhokama qilindi. Barcha ko‘tarilgan masalalar ma'ruzalarda tayyorlangan taqdimotlar asosida batafsil yoritildi, berilgan savollarga ma'ruzachilar tomonidan ilmiy asoslangan javoblar qaytarildi.

SamDTI rektori prof. Jasur Rizayev konferensiyaga yakun yasab barcha ma'ruzachilar va ishtirokchilarga institut nomidan minnatdorchilik bildirib karantindan keyin, qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda bevosita oflayn tarzda qatnashishga taklif qildi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati

Mavzuga oid