18 oktyabr – Samarqand şahri kunida Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi binosi foydalanişga topşirildi.

Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda şahar jamoatçiligi, institut professor-öqituvçilari, talaba yoşlar qatnaşdi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Ma'lumot örnida aytiş mumkin, mazkur obektning qurilişi 2017 yilda boşlangan bölib, qisqa muddatlarda qurib bitkazildi. Binoda 12 ta kafedra, 200 dan ortiq öquv xonalari, 15 ta laboratoriya xonalari mavjud. Barça xonalar zamonaviy multimediya va IT texnologiyalar, interaktiv doska, oxirgi rusumdagi laborator uskunalar va planşet monitorlar bilan jihozlandi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

“Bugun bevosita mamlakatimizda ta'lim va soğliqni saqlaş sohasiga berilayotgan e'tibor natijasini körib turibmiz. Mana, institutimizning asosiy öquv binosi foydalanişga topşirildi. Mazkur binoda yaratilgan qulayliklar bizga xalqaro raqobatga bardoş bera oladigan mutaxassislarni tayyorlaşimizda zamin yaratadi.

Biz joriy yildan boşlab yangi – beş kunlik öquv tizimiga ötdik. Ya'ni talabalarimiz beş kun dars jadvali böyiça öquv jarayonida qatnaşişsa, oltinçi kuni mustaqil tayyorlaniş kuni hisoblanadi. Professor-öqituvçilarimiz uçun esa metodologik kun, deb e'lon qilindi. Demak, endi talaba va öqituvçilarimiz darsdan böş kunlarida ilm bilan şuğullanişadi, öquv-uslubiy qöllanmalar tayyorlaşadi. Qolaversa, ellikdan ortiq kafedralarimiz qoşidagi tögaraklar faoliyati yanada jonlanadi.

Bugun oliy ta'lim keng isloh qilinyapti. Xususan, mamlakatimizda oliy ta'limga qamrov 9 foizdan 25-30 foizga kötarildi. 2030 yilga borib bu körsatkiç ellik foizgaça kötarilişi kutilyapti. Bu bevosita institutimizga ham ta'sir qildi. Masalan, tört yil avval tört ming nafar talabalar tahsil olgan bölsa, bugunga kelib talabalar soni qariyb sakkiz mingga yaqinlaşdi.

Aytiş mumkinki, yangi topşirilgan bino institut ehtiyojining bir qismini qoplaydi. Institutning aksariyat kafedralari Samarqand şahridagi tibbiy profilaktika muassasalarida joylaşgan bölib, bu bölajak şifokorlarimizning bevosita amaliyot olib borişi uçun qulaylik yaratadi”, deydi institut rektori, professor Jasur Rizayev.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Bir vaqtning özida binoda 800 nafar talaba amaliyot ötaşi, ma'ruzalarda qatnaşişi mumkin. Talabalarga qulaylik yaratiş maqsadida bino Wi-Fi bilan ta'minlandi. Şuningdek, kutubxona, kompyuter xonalari va oşxona mavjud.

Ayni vaqtda Samarqand davlat tibbiyot institutida 600 dan ortiq xorij talabalari ham tahsil olmoqda.

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati Ⓣ