O‘zbekiston | 08:28 / 15.06.2020
4322
6 daqiqa o‘qiladi

Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyani qo‘llash tartibi tasdiqlanadi 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyani (Istanbul, 1990 yil 26 iyun) qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Nizom vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Istanbul, 1990 yil 26 iyun) va O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq davlat bojxona xizmati organlari tomonidan A.T.A karnetini qo‘llagan holda “vaqtincha olib kirish” va “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalari va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Qayd etilishicha, A.T.A karneti bojxona deklaratsiyasiga tenglashtirilgan, tovarlar (shu jumladan transport vositalari)ni identifikatsiyalashga imkon beradigan va bojxona to‘lovlarini to‘lashning xalqaro miqyosdagi kafolatini o‘z ichiga olgan xalqaro bojxona hujjatidir.

A.T.A karnetini qo‘llagan holda bojxona operatsiyalari Konvensiyaning, “Vaqtinchalik olib kirish hujjatlari to‘g‘risida” A-ilovaning va Konvensiyaning quyidagi ilovalari shartlaridan biriga rioya qilinganda bojxona to‘lovlaridan to‘liq shartli ravishda  ozod qilinadigan tovarlarga nisbatan amalga oshirilishi mumkin:

V. 1-ilova. «Ko‘rgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar yoki shu kabi tadbirlarda namoyish qilish yoxud foydalanish uchun tovarlar to‘g‘risida»;

V. 2-ilova. «Professional asbob-uskuna to‘g‘risida»;

V. 3-ilova. «Tijorat operatsiyasi munosabati bilan olib kirilgan konteynerlar, poddonlar, o‘ramlar, namunalar va boshqa tovarlar to‘g‘risida»;

V. 5-ilova. «Ta'lim, ilmiy yoki madaniy maqsadlarda olib kirilgan tovarlar to‘g‘risida»;

V. 6-ilova. «Sayohatchilarning shaxsiy buyumlari va sport maqsadlarida olib kirilgan yuklarga tegishli ilova».

A.T.A karneti bojxona organlari tomonidan bojxona deklaratsiyasi va bojxona to‘lovlarini to‘lashning xalqaro miqyosdagi kafolati sifatida qabul qilinishi mumkin, ya'ni bojxona organlari oldidagi majburiyatning bajarilishini kafolatlashi mumkin, agar unda kafolatlovchi uyushma va xalqaro tizimning nomi ko‘rsatilgan bo‘lsa hamda u berilayotgan uyushma, A.T.A karnetining egasi tomonidan belgilangan tartibda to‘ldirilgan  va olib chiqayotgan (eksport qiluvchi) mamlakatning bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lsa.

A.T.A karnetini qo‘llagan holda rasmiylashtiriladigan tovarlar uchun vaqtinchalik olib kirish muddati tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tish punktida bojxona organi tomonidan A.T.A karneti qabul qilingan kundan boshlab ushbu tovarlarni amalda olib chiqib ketilgan kungacha hisoblanadi.

A.T.A karnetini qo‘llagan holda olib kirilgan tovarlarni qayta olib chiqish majburiyati ular O‘zbekiston Respublikasidan amalda olib chiqib ketilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.Konvensiyaga muvofiq bojxona organlarining ruxsati bilan Bojxona kodeksida belgilangan tartibda “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimini tugallashning boshqa usullariga yo‘l qo‘yiladi. 

A.T.A karnetini qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha olib kiriladigan tovarlarga nisbatan quyidagilar bilan bog‘liq bojxona operatsiyalari amalga oshiriladi:

tovarlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tish punktida joylashgan bojxona organida A.T.A karnetini qo‘llagan holda “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga joylashtirilishi;

tovarlarni A.T.A karnetini qo‘llagan holda ichki bojxona organida “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga joylashtirilishi;

tovarlarni A.T.A karnetini qo‘llagan holda bojxona organida “reeksport” bojxona rejimiga joylashtirilishi;

tovarlarni A.T.A. karnetini qo‘llagan holda olib kirish bojxona organidan olib chiqish bojxona organigacha tashish uchun “bojxona tranziti” bojxona rejimiga joylashtirilishi;

tovarlarni A.T.A karnetini qo‘llagan holda ichki bojxona organidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish joyigacha tashish zarurati bo‘lganda    tovarlarni “bojxona tranziti” bojxona rejimiga joylashtirilishi;

O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tish punktida joylashgan bojxona organida “reeksport” bojxona rejimiga joylashtirilishi bilan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi amal qilishining tugallanishi;

Bojxona organlari A.T.A karnetini qabul qilib olganda A.T.A karnetining to‘ldirilganligini A.T.A karnetidan foydalanishning belgilangan qoidalariga muvofiqligini tekshiradi. Bunda Konvensiyaga a'zo mamlakatlarning uyushmalari tomonidan berilgan A.T.A karneti muqovasining ustki qismida A.T.A karneti qabul qilinishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ko‘rsatilishi lozim, ushbu mamlakatlarning kafolatlovchi uyushmalari nomlari yoki bojxona hududlari A.T.A karnetining oxirgi yashil beti orqa tomonining yuqori bandida ko‘rsatilishi kerak.

A.T.A karnetining amal qilish muddati uyushma tomonidan berilgan kundan boshlab bir yildan oshmasligi lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid