Uşbu matbuot anjumanida mamlakatimiz va xorijdan 25 ga yaqin jurnalist, blogerlar iştirok etdi. Muloqot doirasida xususiylaştiriş, davlat korxonalari samaradorligini oşiriş hamda E-IJRO AUKSION elektron savdo maydonçasida yaratilgan qulayliklar böyiça taqdimotlar qilindi.

Qayd etilganidek, Agentlik taşkil etilgandan buyon ötgan davr mobaynida davlatga tegişli bölgan 1187 ta aktiv realizatsiya qilindi. Joriy yilda 15 iyun holatiga 359 ta davlat aktivi (55 ta aksiya va uluşlar, 304 ta köçmas mulk obekti) 391,2 mlrd sömga, 3164,7 mlrd söm investitsiya kiritiş va 5102 ta yangi iş örinlarini yaratiş şarti bilan sotildi.

Bugungi kunda respublika böyiça jami 389 ta davlat aktivlari (115 ta jamiyat aksiya (uluş)lari va 274 ta köçmas mulk obektlari) 3,0 trln söm boşlanğiç qiymatida 151,2 mlrd söm investitsiya kiritiş va 1,7 ming iş örni yaratiş şarti bilan ommaviy savdolarda turibdi.

2020 yilning yanvar-may oylarida xususiylaştiriş hisobidan davlat budjetiga 113,1 mlrd söm yönaltiriş rejalaştirilgan bölib, amalda davlat budjeti daromadlariga 128,7 mlrd söm yönaltirildi (2019 yil davomida xususiylaştiriş hisobidan – 160 mlrd söm ötkazilgan; rejaga nisbatan 113,8% yoki 15,6 mlrd sömga köp) 2019 yil mos davriga nisbatan ösiş tempi 4,8 barobar. Eng muhimi, barça faoliyat oçiqlik va şaffoflik asosida olib borilyapti.

Zarar körib işlayotgan 84 ta korxonadan 46 tasi xususiy sektorga sotilib, 18 tasi soğlomlaştirildi va 6,3 mlrd söm sof foydaga erişildi. Davlat budjetiga jami 1,4 trln söm (15,5 barobar köp) mablağ tuşirildi.

Jumladan xususiylaştirişdan – 113,1 mlrd söm (14,9 barobar köp); davlat iştirokidagi korxonalar tölangan dividendlardan – 1,3 trln söm (25,6 barobar köp); davlat mulklarini ijaraga berişdan esa – 6,6 mlrd söm.

Davlat aktivlarini samarali boşqarişni taşkil etiş maqsadida Özbekneftgaz, Özbekenergo, Özsuvquriliş, Özsuvta'minot, Özmilliybank, Humo Air aviakompaniyasi, şu jumladan tarkibidagi 95 ta tizim korxonalarining restrukturizatsiyasi töliq yakunlandi.