Davlat korxonalarida samaradorlikni oşiriş böyiça prezident farmoyişi qabul qilindi. Unda davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori kompaniyalarga faoliyatiga yangi talablar belgilangan.
“Davlat korxonalari Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topşiriqlaridan taşqari boşqa hollarda homiylik yordamlarini körsatişni töxtatsin”, – deyiladi farmoyişning 9-bandida.
Hujjat bilan, “UzAssets” AJ boşqaruvidagi strategik yirik davlat korxonalarining 2026 yilgi biznes-rejalari 2 oy muddatda tanqidiy körib çiqilişi belgilandi.
2026 yil 1 martdan boşlab, “UzAssets” AJ boşqaruvidagi strategik yirik davlat korxonalarida:
- buxgalteriya hisobini yuritiş axborot tizimida moliyaviy rejalaştiriş, xaridlar, şartnomalar ijrosi, ğaznaçilik tölovlari, savdo operatsiyalari va komplayens nazorat qiliş imkoniyatini beradigan “Yagona ğaznaçilik” axborot tizimi joriy etiladi. Uşbu tizim orqali korxona va uning tizimidagi korxonalarning barça daromad va xarajatlari markazlaşgan holda amalga oşiriladi;
- işlab çiqariş va moliyaviy oqimlar, tannarx, investitsiya va kreditlar töğrisidagi ma’lumotlarni onlayn tahlil qiliş hamda biznes-reja ijrosini nazorat qiliş imkonini beruvçi “Moliyaviy model” elektron dasturi işga tuşiriladi;
- umumiy xizmat körsatiş markazlari (Shared Service Centers) faoliyati yölga qöyilib, ular orqali yordamçi xizmatlar va funksiyalar (xaridlar, kadrlar, buxgalteriya, axborot texnologiyalari, yuridik xizmatlar) markazlaştiriladi;
- biznes jarayonlarini avtomatlaştiriş maqsadida Bojxona qömitasi, Soliq qömitasi, xarid operatorlari, davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari, elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylaştiruvçi operatorlar, xizmat körsatuvçi tijorat banklari va boşqa taşkilotlar axborot tizimlarini özaro integratsiya qilişga ruxsat beriladi.
Ma’lumot uçun, UzAssets saytida kompaniya portfeli quyidagiça ekani körsatilgan: NKMK, OKMK, “Navoiyuran”, “Özmetkombinat”, “Özbekneftgaz”, “Özbekkömir”, UzAuto Motors, “Özkimyosanoat”, “Navoiyazot”, “Özbekgidroenergo”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Öztransgaz”, UzGasTrade, “Hududgazta’minot”, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Özbekiston poçtasi”, “Özbekiston temir yöllari”, Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports, “Toşşahartransxizmat”, “Özbektelekom” hamda davlat banklari.












