2000-yillargaça bu qişloqdan biror kişi oilasini taşlab çetga ketmagan. Çunki, bunga ehtiyoj ham yöq edi. Ular özi yetiştirgan kökatlar, meva-çeva, kartoşka, pomidor, ayniqsa, qovun-tarvuzdan yaxşi daromad körişgan.
«Ammo 2005 yillardan suv tanqisligi kuçayib boravergaç, bu daromadlardan ayrildik, qişloğimiz erkaklarining qariyb yarmi Rossiya va boşqa davlatlarga iş izlab ketdi...», — deyişdi yagona tirikçiligi bölgan tomorqa ekinlari suvsizlikdan qurib qolayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Rahimobod qişloğida yaşovçilar.

Dehqonçilik qila olmayotgan, daromadsiz qolayotgan aholi özlari bilgan deyarli barça taşkilotlarga murojaat qilib kelmoqda. Ammo bir neça yildirki, suv örniga dasta-dasta javob xatlari kelmoqda.
Taassufki, javob xatlari bilan odamlarning ham, ekinlarning ham çanqoği bosilayotgani yöq.
Oçiğini aytiş kerak, mahallada bölganimizda ayrim fuqarolar aççiq sözlar bilan dardini aytdi:
«Tomorqaga juda katta e'tibor qaratilyapti, deyişadi. Hatto tomorqasidan yaxşi foydalanmayotgan fuqarolarga jarima soliş ham taklif qilingan ekan. Agar şunçalik e'tibor bölsa, nega bizning har yili qurib qolayotgan tomorqalarimizga heç kim qiziqmaydi? Nega jarima daftarini kötarib kelmaydi bu yerga, tomorqa haqida ma'ruza öqimaydi?
Modomiki, tomorqasiga qaramagan fuqaroni jarimaga tortiş kerak ekan, yuzlab aholining qurib ketgan ekinlariga beparvolik uçun ham çora körilmaydimi?»



Bundan 15 yillar oldin aholining yana bir daromadi çorvadan bölgan. Har bir xonadonda 7-8ta qoramol, 6-7tadan qöy-eçki boqilgan. Bugun esa oğilxonalar huvillab qolgan.
Çorva bölmasa-da, yerlarda beda ekilgani bizni taajjublantirdi. Bilsak, suvsizlikka çidamli, oylab suv içmasa-da nobud bölmay turadigan yagona ekin turi şu ekan.
Şu qişloqda yaşovçi Nasrullo Jumayevga köra, 2000 yillarda suv ta'minoti yaxşi bölganining sababi – qişloqda 3ta nasos işlab turgan. Keyinçalik bu inşootlar eskirib, işdan çiqqan va yangi nasos umidi 10 yillar davomida röyobga çiqmagan.














