O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 4100dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Samarqandda 35 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4131 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.
Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 11 nafar hamda Samarqand viloyatida 4 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va o‘z uylariga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlar 11 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 2017 yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Toshkent shahridan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan 1 nafardan.
Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 47 yoshda, kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 6 nafar, Toshkent viloyatidan 2 nafar, Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2062 nafarga yetdi.
Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi (erkak) ushbu viloyatdan. Ularning yoshi kattasi 70 yoshda, yoshi kichigi esa 31 yoshda. Endilikda viloyatda tuzalganlar 372 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning jami soni 4131 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022