OAVlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan “Uzcard” terminallarini o‘chirish to‘g‘risidagi ma'lumotlarga javob
So‘nggi vaqtlarda OAVlar savdo terminallarining o‘chirilishi haqida faol fikr bildirmoqdalar. Ko‘pchilikni bir savol qiziqtirmoqda, bu nima bilan bog‘liq?! “Uzcard” nima sababdan terminallar o‘chirilish holatlari sodir bo‘layotganligini izohlamoqchi:
Birinchidan, hozirda PCI DSS talablariga javob bermaydigan eski, foydalanishga yaroqsiz terminallar o‘chirilmoqda. Ushbu Standart to‘lov karta egalari ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlashga mo‘ljallangan 12 batafsil talablar to‘plamidan iborat. Standart Visa, MasterCard, American Express, JCB va Discover xalqaro to‘lov tizimlari tomonidan tashkil etilgan To‘lov kartalari sanoati xavfsizligi standartlari kengashi (Payment Card Industry Security Standards Council, PCI SSC) tomonidan ishlab chiqilgan.
Turli xil moliyaviy vositalarning o‘zaro ta'siri bilan bog‘liq murakkab mexanizm bo‘lgan bank tuzilishi, har doim to‘lovlarni va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun faqat eng ishonchli uskunalarga muhtoj. Uskunalar eskirib qolishi tufayli ularni ta'mirlashda, biznesni yuritish va boshqarishda ko‘plab qiyinchiliklar yuzaga keladi, boshqa uskunalar va tizimlarning dasturiy ta'minoti bilan o‘zaro bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.
Shu sababli, joriy yilning 1 iyun sanasidan 15 iyun sanasiga qadar “Uzcard” tomonidan to‘xtatilgan terminallar qariyb 6-7 yil davomida ishlatilgan, vaholanki savdo POS-terminallarining xizmat muddati o‘rtacha 5 yilni tashkil etadi. Ushbu operatsiyani bajarish odatiy jarayon bo‘lib, eskirgan terminallarni o‘chirishdan oldin, “Uzcard” dasturiy ta'minoti eskirgan tijorat banklarini qayta-qayta yozma ravishda ogohlantirib, barcha xalqaro talablarga javob beradigan yangisiga almashtirishni tavsiya etadi. Bunday terminallar o‘chiriladi va qayta dasturlanadi.
Ikkinchidan, terminal uskunalarining o‘zi ham PCI DSS reglamentiga javob berishi kerak. Bank uskunalarini faqatgina yangi, zamonaviy va qulay texnik yechimlar bilan o‘z vaqtida almashtirgan holda, ma'naviy va funksional eskirish muammosini hal qilish mumkin, aks holda dasturiy ta'minotni yangilab bo‘lmaydi.
Ushbu holatda ham, jarayon odatdagidek amalga oshiriladi. Tijorat banklariga uskunalarni almashtirish zaruriyati to‘g‘risida oldindan xabar beriladi. Terminallarni almashtirish barcha banklar tomonidan bepul amalga oshiriladi. Terminallarni qayta dasturlash va almashtirishda yuzaga keladigan barcha muammolar yuzasidan biznes egalari xizmat ko‘rsatuvchi bankning eng yaqin filialiga murojaat qilishlari mumkin.
Shuni ta'kidlash kerakki, “Uzcard” savdo terminallarini sotish bilan shug‘ullanmaydi, tijorat banklari barcha zarur uskunalarni mustaqil ravishda sotib oladilar.
Uchinchidan, yangi dasturiy ta'minotga o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 mart sanasidagi "Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Qarorga binoan, Milliy to‘lov operatori 2018 yil 1 iyul sanasiga qadar mamlakatdagi to‘lov tizimlarini asosiy xalqaro to‘lov tizimlari bilan o‘zaro birlashtiradi, bu esa norezident plastik kartalarni mamlakatning barcha to‘lov terminallari tarmog‘ida qabul qilinishini ta'minlaydi. Yangi dastur UnionPay International, MasterCard, VISA, NSPK “Mir” kabi xalqaro to‘lov tizimlarining karta egalariga O‘zbekiston Respublikasidagi istalgan savdo nuqtalarida plastik kartalardan erkin foydalanish, shuningdek, kobeydjing bank kartalaridan foydalanish imkonini beradi.
Ogoh bo‘ling, faqat ishonchli manbalarni o‘qing.
Mavzuga oid
15:27 / 20.08.2022
IESlar va Uzcard ham xususiylashtiriladi
15:25 / 30.03.2022
Uzcard yangicha to‘lov kartalari chiqaradi
12:54 / 30.09.2021
«Uzcard» bankomatlarda valuta ayirboshlashni to‘xtatdi
14:22 / 03.12.2020