Uzcard tijorat banklariga yuborgan xabarnomaga köra, 50 va 100 dollarlik soxta AQŞ dollari muomalasining köpayişi munosabati bilan Uzcard bankomatlarida valuta ayirboşlaş operatsiyalarini (qabul qiliş)ni töxtatgan.

Kun.uz manbasining ma'lumotiga köra, 20 ming dollardan köproq soxta valuta ayirboşlangan bölişi mumkin.
Uzcard valuta ayirboşlaş xizmati qaçon tiklanişiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib ötamiz, Uzcard kartalaridan AQŞ dollarida naqd pul mablağlarini beriş hamda kartalarni naqd çet el valutasi bilan töldiriş imkonini beradigan yangi xizmat 2020 yil iyun oyidan boşlab joriy qilingandi.











