IESlar va Uzcard ham xususiylashtiriladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyasini izlamoqda. Shuningdek, agentlik Yagona umumrespublika protsessing markazidagi 75 foizlik davlat ulushini sotish jarayonini ham boshlagan.

O‘zbekistondagi 6 ta issiqlik elektr stansiyasiga egalik qiluvchi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ xususiylashtiriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini jalb qilish to‘g‘risida e’lon berdi.
Mahalliy va xorijiy talabgorlar bir oy ichida, 20 sentabr kuni soat 18:00 ga qadar ariza berishi mumkin.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibiga 6 ta issiqlik elektr stansiyasi, 3 ta issiqlik elektr markazi va soha korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi 3 ta tashkilot kiradi.
Tizim korxonalari 2021 yilda 60,5 mlrd kVt.soat elektr energiyasi va 5,6 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqargan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilda 55,9 mlrd kVt.soat va 5,1 mln Gkal bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
2021 yil yakuniga ko‘ra kompaniya 360,1 mlrd so‘m miqdoridagi sof foydaga, shuningdek 13,2 trln so‘m miqdoridagi ustav kapitaliga ega.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ (Uzcard to‘lov tizimi)dagi davlat ulushini sotish jarayoni haqida ham ma’lumot berdi.
Kompaniya ustav kapitalidagi 5 ta davlat bankining jami 75,0 foiz ulushi agentlikka o‘tkazilgan va bu ulush to‘liq sotiladi. Ayni paytga kelib, mustaqil baholovchi tashkilot davlat ulushini baholab bo‘lgan va uning hisoboti haqqoniy ekani ekspertizadan o‘tkazilgan.
Qonunga ko‘ra, MChJ ishtirokchilaridan birortasi o‘z ulushini sotayotgan bo‘lsa, bu ulushni sotib olishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadi. Shunga ko‘ra, agentlik davlat ulushini sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida jamiyatning qolgan ishtirokchilarini hamda jamiyatning o‘zini xabardor qilgan.
Boshqa ta’sischilar sotib olishdagi imtiyozli huquqdan foydalanmasa, bu aktivlar belgilangan tartibda ommaviy savdoga chiqariladi.
Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Uzbekistan Airways'ni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini jalb qilish to‘g‘risida e’lon bergan edi.
Shu hafta, shuningdek, davlat ishtirokidagi 21 ta yirik kompaniyaga IPO va SPO uchun muddatlar belgilandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07
Mavzuga oid

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

23:10 / 09.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi

15:33 / 03.06.2025