Foto: Uzcard

Uzcard NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz tölovni qöllab-quvvatlaydigan yangi turdagi kartalarni taqdim etadi. Bu haqda «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MÇJda ötkazilgan matbuot anjumanida qilindi.

Ta’kidlanişiça, yangi turdagi kartani faollaştiriş uçun mijoz bank bilan boğlangan paytdan boşlab taxminan 5 daqiqa vaqt talab etiladi. Oldingi holatda fuqarolar karta olişlari uçun bankka ariza bilan çiqişi va 2-3 kun davomida kutişiga töğri kelardi.

«Yangilaniş haqida töxtalib ötadigan bölsak, birinçi navbatda kontaktsiz tölovni qöllab-quvvatlaş tizimiga ötilyapti. Bundan taşqari, yangi kartalar kobeyjing körinişida, boşqa tölov tizimlari: Mir, Visa, Mactercard yoki Union Pay bilan integratsiyalaşgan körinişda ham çiqariladi. Ulardan ham Özbekistonda, ham xorijda birday foydalaniş mumkin. Yana bir qulay tomoni şundaki, yangi kartalar bilan avtobus yoki metroda kontaktsiz tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati mavjud. Kartalarning oldingi barça funksiyalari va qulayliklari saqlab qolinadi, şuningdek, ham Humo bankomatlaridan, ham Uzcard bankomatlaridan naqd pul yeçib oliş imkoniyati mavjud böladi», deya ma’lumot berdi Özbekiston taşqi iqtisodiy aloqalar milliy banki mahsulotlar sotuvi bölimi boşliği Javlon Nazarov.

Kobeyjing kartalari bu – bir neça, odatda, ikkita tölov tizimi uyğunligida xizmat körsatuvçi bank kartalari. Ya’ni u xuddi odatiy kartaga öxşaydi, farqi – undan har ikki tölov tizimi infratuzilmasida foydalaniş mumkin ekanida, ya’ni mahalliy va xorijiy.

Şuningdek, Uzcard karta raqamlari boşlanişidagi «8600» raqam juftligi «5614»ga almaştiriladi. Agar karta kobeyjing Uzcard-Union Pay bölsa, karta «6262» raqam juftligi bilan boşlanadi.