O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 5700dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 33 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 5,7 mingdan oshgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 18 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5730 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari karantin markazidagi ( Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 5 nafari poytaxtimizdagi «O‘rikzor» savdo majmuasida yuk tashuvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib, kasalligi tasdiqlangan fuqaro bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Sirdaryo viloyati hududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida hamda 1 nafari poytaxtimizda aholi orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.
Bugun hozircha 45ta yangi holat qayd etildi va 35 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda jami 4166 kishiga javob berilgan.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1545 bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022