Toshkentda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 5,7 mingga yaqinlashgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 18 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5697 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
17 iyun kuni jami 189ta yangi holat qayd etildi. Toshkent va Samarqandda 35 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4131 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1547 bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022