13:18 / 19.06.2020
11962

Bekobodda kanalda oqib ketayotgan bir yoshli chaqaloq qutqarib qolindi

Qutqarib qolingan chaqaloq Bekobod tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inining Bog‘ ko‘chasidagi uyda yashashi ma'lum bo‘ldi. 

Joriy yil 18 iyun kuni soat 11:10larda Bekobod shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchisi serjant Jasur Umirzoqov suv havzalarida fuqarolar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlarini olib borayotgan bo‘lgan.

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, u Bekobod tumani “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi “Xosyoz” kanalida voyaga yetmagan bola oqib ketayotganligini ko‘rib qolgan. Darhol o‘zini suvga tashlab, go‘dakni suvdan olib chiqqan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, ota-onasiga topshirgan. 

Voqea joyiga chaqirtirilgan “Tez yordam” shifokorlari esa bolani shifoxonaga olib ketishdi. 
              
Qutqarib qolingan go‘dak Bekobod tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inining Bog‘ ko‘chasidagi uyda yashovchi, 2019 yil 12 yanvarda tug‘ilgan shaxs ekanligi ma'lum bo‘ldi. 
  
Qayd etilishicha, hozir bolaning sog‘lig‘i yaxshi holatda.

Top