So‘rovnoma: Ko‘pchilik amerikaliklar Trampning saylovlarda g‘alaba qozonishidan qo‘rqmoqda
Fox News telekanali buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, AQShning sobiq vitse-prezidenti Jozef Bayden amerikaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanish bo‘yicha amaldagi prezident Donald Trampni ancha farq bilan ortda qoldirmoqda.
Bacon Research va Shaw & Company o‘tkazgan so‘rovnoma ma'lumotlariga ko‘ra, noyabrda o‘tadigan prezident saylovlarida Baydenga 50 foiz, Trampga 38 foiz saylovchilar ovoz berishga tayyor.
Sotsiologlarning ma'lum qilishicha, Baydenning 63 foiz tarafdorlari o‘z tanlovini Trampning g‘alaba qozonishidan qo‘rqishlari bilan, yana 31 foizi shunchaki Baydenning nomzodidan ko‘ngillari to‘qligi bilan tushuntirishgan.
Trampning qo‘llab-quvvatlayotganlar orasida esa barchasi aksincha. Prezidentning 62 foiz tarafdorlari uning xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashlarini, 33 foizi esa Bayden g‘alaba qozonishidan ko‘rqishlarini aytishgan.
Shuningdek, tadqiqot Trampning qo‘llab-quvvatlanishi darajasi uning pandemiya va afroamerikalik Jorj Floyd o‘limidan keyin AQShni qamrab olgan namoyishlar vaqtidagi xatti-harakatlari sababli tushib ketganini ko‘rsatgan.
So‘rovnoma 13-16 iyun kunlari 1343 saylovchi orasida o‘tkazilgan. Uning ko‘rsatishicha, Trampning uning asosiy saylovchilari guruhi (oq tanli xristianlar) orasidagi qo‘llab-quvvatlanishi darajasi ham tushib ketgan. Shuningdek, amaldagi prezidentning qishloq aholisi orasidagi reytingi ham tushib ketgan.
SNN telekanalining iyunda o‘tkazgan so‘rovnomasiga ko‘ra, Baydenning Trampdan ustunligi 14 foizni tashkil qilmoqda. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq vitse-prezidentga 55 foiz, amaldagi prezidentga 41 foiz respondent ovoz berishga tayyor.
AQSh prezidenti saylovlari 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Unda g‘oliblik uchun asosiy da'vogarlar Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp va Demokratlar partiyasidan Jo Bayden hisoblanadi.
Mavzuga oid
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
23:55 / 29.12.2023
Bayden Rossiyaning ommaviy raketa zarbalariga javoban Kongressni «shoshilinch chora ko‘rishga» chaqirdi
21:51 / 08.12.2023