O‘zbekiston | 23:11 / 19.06.2020
27705
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Navoiy viloyatlarida yangi kasallanish holatlari aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 26 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 19 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5946 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari esa Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 179ta yangi holat aniqlandi, 74 nafar bemor sog‘ayib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4273 nafarga yetdi. 

Hozirda shifoxonalarda 1654 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Mavzuga oid