Jahon | 09:10 / 19.06.2020
12973
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp saylovlarda mag‘lub bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yagona sababni aytdi

AQSh prezidenti Donald Trampning ta'kidlashicha, noyabrda o‘tadigan prezident saylovlarida koronavirus pandemiyasi sababli pochta orqali ovoz berish sababli mag‘lubiyatga uchrashi mumkin. Trampning fikricha, Demokratik partiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan bunday usulda ovoz berish qonunni buzishi mumkin.

Foto: AP Photo/Alex Brandon

AQSh prezidenti bu haqda The Washington Times nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Pochta orqali ovoz berish – mag‘lub bo‘lishim mumkin bo‘lgan yagona variantdir, chunki ular [demokratlar] aldashadi, talonchilik qilishadi va o‘g‘irlashadi”, deb aytgan Tramp. Uning ta'kidlashicha. demokratlar ba'zi, ayniqsa respublikachilar pozitsiyalari kuchli bo‘lgan hududlarga saylov byulletenlarini jo‘natishmayapti. AQSh prezidentining aytishicha, bunday usulda ovoz berish qonun buzilishlariga olib kelishi mumkinligiga ishonchi komil.

Trampning ta'kidlashicha, AQShning sobiq vitse-prezidenti, AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Jozef Bayden Trampga 2016 yilgi prezident saylovlarida raqib bo‘lgan AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonga nisbatan kuchsiz raqibdir.

“U [Bayden] kuchsizroq, biroq mashina [Demokratik partiya] kuchli, chunki ular tushkun holatdalar”, deb aytgan Tramp.  

77 yoshli Bayden bo‘lg‘usi saylovlarda 74 yoshli Trampning asosiy raqibi hisoblanadi. Aprel boshida Bayden Demokratik partiyadan yagona nomzodga aylangani ma'lum bo‘lgan.

Avvalroq Tramp Baydenni 40 yillik siyosiy tajribaga egaligiga qaramay, “kuchsiz siyosatchi” deb atagan. Aprel oxirida AQSh prezidenti pandemiya sababli saylovlarda ovoz berishni ko‘chirish rejasi yo‘qligini ma'lum qilgan.

Tramp va Baydendan tashqari, AQSh prezidenti saylovlarida ishtirok etish istagini senator-demokrat Tulsi Gabbard, Kaliforniyadan senator-demokrat Kamala Xarris, Minnesotadan senator-demokrat Emi Klobushar, Vashington shtati gubernatori Jon Insli, sobiq deputat Beto O’Rurk va San-Antonio meri Julian Kastro bildirgan.

Mavzuga oid