Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuk avtomashinasi ostiga yashirilgan ovoz kuchaytirgichlar fosh etildi
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi “MAN TGS” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida nazoratdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida avtotransport vositasining kabinasi va tag qismiga yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan umumiy qiymati 43,4 million so‘mlik 96 dona avtotransport vositasi uchun kolonkalar, ovoz kuchaytirgich va g‘ildirak diskalari yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026